Musofirlar haqida she’rlar to’plami. O’qing, faqat yig’lamang

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Musofirlar haqidagi ta’sirli va ajoyib she’rlarni qabul qiling.

Musofirlar haqida juda ta’sirli she’r

Yana qo‘lga olib qalam

Sog‘inchimni etdim bayon

Ichimdagi dardu alam

Faqat bir o‘zimga ayon

Yuribmanku mehnat qilib

Yurtdan olis makonlarda

Har kun halol rizqim terib

Ishlayapman sovuqlarda

Goh mag‘lubman goho g‘olib

Hatto ba’zan bekor qolib

Sog‘inchimni kuyga solib

Yashayapman musofirda.

Otajonim men yaxshiman

Onajonim ishim yengil

Akam ukam yuribdimi

Qalay o‘zi erka singil.

Qishloq ancha o‘zgargandir

Chiroy ochib gullagandir

Do‘stu jura qadirdonlar

Sog‘u salomat yurgandir.

Bu yerlarda dardkashim yo‘q

Biror yaqin sirdoshim yo‘q

Ammo havotir olmanglar

Ustim butu qornim ham to‘q.

Yaqin qoldi diydor oni

Men qaytaman tugasa qish

Sog‘indimda vatanimni

O‘zimizda ham ko‘pku ish

 

 

Musofirda yurganlar

Uyg’onasiz yurtingizda dil hotirjam,

Imkon bo’lsa har kim yurtdan rizqin tersin.

Sog’inchiga Topilmaidi Biror Malham,

Musofirda yurganlarga sabr bersin.

 

Bir kuni to’q, bir kuni och bo’lishi bor,

Birozgina qalay olmoqqa bo’ladi zor.

Kim tutadi ich deb yovg’on, bulsa bemor.

Musofirda yurganlarga sabr bersin.

 

Havotirda o’tkazar har lahzasini,

Unutishga majbur ba’zan lahjasini.

Ko’zga surtar topgan har bir akchasini.

Musofirda yurganlarga sabr bersin.

 

«Borgunimcha onam politsiya» Bo’lsin deidi,

Olslarda Otasining g’amin Eyidi.

«Keling» desa bolasiga nima deydi,

Musofirda yurganlarga sabr bersin.

 

Halovatsiz uzun tunda xayollar surar,

Oilasin, jigarlarin kachon ko’rar.

Duosida o’z-o’ziga sabr tilar.

Musofirda yurganlarga sabr bersin.

 

Kim oralar, kim ma’qullar ketganini,

Har kim o’zi bilar, o’zdan o’tganini.

Bitta-bitta yig’ib, halol topganini.

Musofirda yurganlarga sabr bersin.

 

Sog’inadi o’z uyining havosini,

To’ylarini, karnay-surnay sadosini.

Bekitolmas Ichdan Toshgan Nidosini,

Musofirda yurganlarga sabr bersin.

 

Qo’rqib qarar uydan bo’lgan ko’ng’iroqqa,

«Tinchmikin» deb, o’zin tutar shovqin so’roqqa.

«Kaytar edim turib olsam sal oyoqqa»,

Musofirda yurganlarga sabr bersin.

 

Ko’rmayapti o’g’ilchasin o’qishin,

Qizi dadam deya, she’rlar to’qishin.

Tugatsaidi, ohiri xuddi shu ishlarin.

Musofirda yurganlarga sabr bersin.

 

Bir-ikki chetda yurgan nopok sabab,

Musofirni qoralamang, yomon atab.

Kimda gunoh, kimda savob bilguvchi Rab,

Musofirda yurganlarga sabr bersin.

 

Sog’inchlardan rang-u, ro’yi bo’lmay somon,

Qoni-qonji to’lib uyga qaitsin omon.

Asl boilik oiladir, issiq makon,

Musofirda yurganlarga sabr bersin.

 

 

MUSOFIR ERKAKLAR

Ota onam oilam kami to’lsin deb,

Musofir yurar birim ikki bo’lsin deb.

Ilm olsin borimda o’g’lim qizim deb,

O’zga yurta musofir yurgan erkaklar.

 

Mehnat qilar hudodan baraka so’rab,

O’zga yurtni doyim begona sirab.

Tunlar uxlolmay juftlik halolin o’ylab,

O’zga yurtda musofir yurgan erkaklar.

 

Bazida ko’ngliga qil ham sigmaydi,

Asl erkaklar aslo ishdan qochmaydi.

Musofirni dardini kofir bilmaydi,

O’zga yurda musofir yurgan erkaklar.

 

Bu hayot kimga shirin kimgadir taxir,

Dard kelganda sher yozar dard qo’shib Qodir.

Chunki u ham musofir bir oddiy shoir,

O’zga yurtda musofir yurgan erkaklar.

Azobini yashirib kulgan erkaklar.

 

 

Musofirning alami (Ajoyib she’r)

Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini,

U ketarda ich-etin yeb, ming entikib bo‘zlab ketar.

Ota-ona, yoru jigar, qo‘ni-qo‘shni xayrlashsa,

To manzilga yetgunicha bildirmaslan yig‘lab ketar.

 

Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini,

Sochilgan rizq, nasibasin termoq bo‘lib izlab ketar.

Uning dardi kulgu emas, yoki kayfu safohammas,

U oilasin to‘q tutmoqni, o‘z maqsad deb ko‘zlab ketar.

 

Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini,

Yor vasliga to‘ymasidan yurak-bag‘rin tuzlab ketar,

Beshikdagi bolasining diydorini zor sog‘inib,

O‘z-o‘ziga orzularin, armon bilib so‘zlab ketar.

 

Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini,

Ular yashar ohu faryod, ko‘ngilu shod nolam deya.

Sovuqlarda qotsa hamki, sabr etar barchasiga,

Mehnat qilar, otam deya, onam, deya, bolam deya…

 

Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamin.

 

 

Musofir yurtda yurgan insonlar nomidan onajonlarimizga atalgan she’rlar …..

Musofir yurtlarda qadringiz sezib

Sog’inch qurg’ur qo’ymas yurakni ezib

Gohida telbadek ko’chalar kezib

Onajonim sizni sizni sog’indim.

 

Tundami yesada ovqat Tongdami

Kechalar topolmay uyqumda Rohat

Ollohdan so’rayman didoriz faqat

Onajonim sizni sizni Sog’indim

 

Belimning quvvati ishim barori

Iymonim pokligi qalbim qarori

Ko’zimning nuriyu dardim darmoni

Onajonim sizni sizni Sog’indim

 

Qaytib borib bizni aylayin tavob

ish qilib savob

Qarorim qattidur gapimga Javob

Onajonim Sizni Sizni Sog’indim

 

Dunyo kezib ulg’ayib o’zgardi felim

Hizmatingiz qildiray olib bir kelin

Onajonim sizni sizni sog’indim

 

 

Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim,

Sizlarga Ollohdan omad so’radim,

Sizlarga Ollohdan sog’lik tiladim,

Gohida sizlarga havas qilaman,

Gohida sizlarni o’ylab yig’ladim…

Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim,

O’zinggizni asrang yaqinlar uchun.

Kuttirmang sog’inib kutgan ko’zlarin,

Bajarib otalik, onalik burchin,

O’ylaysiz har kuni oila tinchin.

Misofir yurtlarda yurgan do’stlarim,

Yashash oson emas buni bilaman,

Sizlarni o’ylab man ko’ksim tilaman,

Vatan degan so’zni yurakka joylab,

Vatan degan so’zga jonim beraman.

Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim,

Olovning ustida turgan do’stlarim,

Jonini xatarga qo’ygan do’stlarim,

Goh suygan goh kuygan, to’ygan do’stlarim,

Narigi dunyoni ko’rmagan faqat,

Bir boshi, ming azob ko’rgan do’stlarim.

Yashaysiz xotira ichida yig’lab,

Ahad Qayum yozdi sizlarni o’ylab,

Biz sizga sher yozib qo’shiqlar kuylab,

Har oqshom xayolni o’tmishga bog’lab,

Har oqshom Vatanni sog’inib yig’lab,

Bobolar qabrini boringgiz yo’qlab,

Go’yo qilko’prikda turgan do’stlarim,

Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim!

 

Musofir Yigitning nolasi.

ko’zlaringiz suzmang qoshi qalamlar,

yiroq keting mendan tashvish-u g’amlar,

duo qiling omon boray yaronlar,

uyda mening ota-onam kutmoqda.

 

duo qiling, yetay omon bag’riga,

kulfat yog’ib, dard qo’shmayin dardiga,

borginimcha sabr bergin sabriga,

uyda mening ota-onam kutmoqda.

 

Egam menga ravo ko’rsang ham g’amni,

lek yig’latib qo’yma ota-onamni.

yetar shuncha musofirligim kammi?

uyda mening ota-onam kutmoqda.

 

bilaman ko’p, hatolarim bir dunyo,

bo’ldim go’yo,  qing’ir yo’lda avliyo,

yo’llarimga bo’lganicha mahliyo;

uyda mening ota-onam kutmoqda.

 

Yiroq ketdim, ado etmay burchimni,

O’ylamadim, ko’rdimda o’z kunimni,

men nodonni har kun tilab umrimni

uyda mening ota-onam kutmoqda.

 

Qalbingda ayt zarracha bormi mehr?

Ko’zlaringni aylabdi-ku, nafs so’qir.

Xudoyberdi aqlingni yig’gin, axir

uyda mening ota-onam kutmoqda…

 

 

Musofirda olma jonini

Rizqin izlab o’zga yurtlardan

Nochor ketib vatan tuproqdan

Asra xudo shayton sirtmoqdan

Musofir yurtlarda olmagin jonni

 

Orzu niyat sarob qilmasdan

Yo’lin kutib ona qolmasdan

Armon solma, rohat ko’rmasdan,

Musofir yurtlarda olmagin jonni.

 

Mehnatidan topgan,oshu nonini

Tushlarda ko’rib goh, farzand yorini,

G ‘amlarga ko’mmagin onazorini,

Musofir yurtlarda olmagin jonni,

 

Yuzin ursa sovuq shamoli,

Yurakni qiynasa sog’inch azobi,

Asrasin xudoyim ona duosi,

Musofir yurtlarda olmagin jonin,

 

Qarzdir senga omonat joni,

Uyida kutadi dilbandu joni,

Sog’inch ezib yotar yurak har kuni

Musofir yurtlarda olmagin jonni.

 

Onalar ko’rmasin farzand dog’ini,

Otadan ayirma farzand jonini,

Xudoyim asrasin chivin jonini,

Musofir yurtlarda olmagin jonni..

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x