MUSKOVIT

MUSKOVIT (ing. Muscovy) — slyudalar guruhiga mansub mineral. Kristallari taxtasimon, kam qollarda ustunsimon. Monoklinal singoniyali. Tangachasimon agregatlar, taxtasimon donador. Muskovit odatda rangsiz, yashilroq, kizil. Qayishqoqligi mukammal. Zichligi 2,7—3,0 g/sm3, kattikligi 2,5—3. Turli xili maʼlum. Muskovit kristallik strukturasiga muvofiq yupqa qavatlarga oson ajraladi. Shishasimon yaltiraydi. Tabiatda keng tarqalgan. Magmatogen va metomorfik jinslarningtarkibiy kismi. Pegmatit tomirlarda yirik kristall va uyum koʻrinishida uchraydi. Yaxshi elektr izolyatsiya xususiyatiga ega. Sanoatda taxtasimon slyuda, slyuda kukuni va slyudali fabrikat koʻrinishida foydalaniladi. Oʻzbekistonda kengtarqalgan, biroq alohida kristall koʻrinishida juda kam uchraydi. Yirik kri-stalli xillari amaliy ahamiyatga ega. Xorijda RF, Hindiston, Madagaskar Respublikasi, Kanada, AQSH, Braziliyada konlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x