MUSHAK SABZI

MUSHAK SABZI, Mushak 195 — ertapishar sabzi navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i. t. in-tida yaxshilangan mahalliy nav. 1947-y. dan r-nlashtirilgan. Barglari boʻzrang, baʼzan sargʻish-yashil, qalin, mayin tukli. Sabzisi shakli kalta, uchi toʻmtoq, barglarga yaqin kismi yashil, yerga qadalib turgan qismi, eti va oʻzagining rangi sariq. Uz. 8—13 sm, diametri 3,5—4,0 sm, oʻzagi kichik, ingichka sersuv. Oʻzbekistonda yetishtiriladigan sariq sabzilar orasida eng shirini. Vazni 30—43 g, quruq modda miqdori 14%, qand 11,9%. Hosildorligi 190—200 s/ ga. Urugʻi unib chiqqandan soʻng 85—95 kunda pishib yetiladi. Noqulay obqavo sharoitida erkaklab ketishga moyil. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida r-nlashtirilgan. Toshkent viloyatida koʻp ekiladi. Oziq-ovqat va konserva sanoatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x