MUSAYEV Joʻra Azimboyevich

MUSAYEV Joʻra Azimboyevich (1928.5.12, Yangiyoʻl sh.) — genetik olim, Uzbekiston FA akad. (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), biol. fanlari d-ri (1973), prof. (1975). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1948). ToshDU darvinizm va genetika kafedrasi assistenti (1952-56), dotsenti (1956-1974), tayyorlov f-ti umumiy nazariy fanlar kafedrasi mudiri (196166), gʻoʻza xususiy genetikasi — problema lab. mudiri (1974-y. dan), darvinizm va genetika kafedrasi mudiri (1981—84), Uzbekiston FA Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi in-ti direktori (1982— 84), FA Prezidiumi aʼzosi (1984—88), Prezidiumning bosh ilmiy kotibi (1985—88), Uzbekiston FA Oʻsimliklar ekspere-mental biologiyasi in-ti gʻoʻza xususiy genetikasi lab. mudiri (1989— 92), FA Genetika in-ti tashkilotchilaridan. Shu in-t oʻsimliklar genetikasi boʻlimi boshligʻi (1992—2000), ilmiy maslahatchisi (2000-y. dan). OʻzMU biol. – tuproqshunoslik f-ti genetika va sito-embriologiya kafedrasi mudiri (2000-y. dan). Musayev gʻoʻzaning irsiy toza genetik kolleksiyasini yaratgan. Birinchi boʻlib allotetraploid gʻoʻzalar belgi va xususiyatlarini, genlarning kombinativ taʼsirida irsiylanishi toʻgʻrisidagi genetik nazariyaga asos solgan. Musayev va shogirdlari gʻoʻzaning monosomik, translokatsion va sitologik markerlangan liniyalari kolleksiyasini yaratishgan. Musayev gʻoʻzaning «Gulbahor», «Navbahor», «Armugʻon» navlari mualliflaridan biri. «Uzbekiston milliy ensiklopediyasi» Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997-y. dan). «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998) .

As: Geneticheskaya kolleksiya xlopchatnika i problemы nasledovaniya priznakov, T., 1979.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x