MURUNTOV

MURUNTOVNavoiy viloyatidagi shahar (1976-y. dan). Zarafshon shahar Kengashiga qarashli. Qizilkum choʻlining oʻrtasida, Tomditov va Boʻkantov togʻ tizmalari hududida joylashgan. Oʻrtacha 610 m. balandlikda. Iyulda yuqori t-ra 46°. Yanv. da eng sovuq t-ra —31°. Yaqin t. y. stansiyasi — Yangi Zarafshon. Viloyat markazi (Navoiy sh.) dan 200 km uzoqlikda. Aholisi 4320 kishi (2002). Asosan, oʻzbeklar; shuningdek, qozoq, rus, ukrain, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar Muruntov oltin konining ochilishi munosabati bilan Muruntov geol. qidiruv parti-yasi posyolkasi sifatida 1959-y. da vujudga kelgan. Muruntovda 3 kichik korxona, umumiy taʼlim maktabi (900 oʻquvchi), musiqa maktabi, 2 kutubxona, muzey, sport saroyi, qishloq vrachlik punkti mavjud. Muruntov — Zarafshon yoʻnalishida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Muruntov atrofida muhim foydali qazilmalardan nodir metallar, noruda qazilma boyliklardan fosforit, kvarsli qum va h. k. aniqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x