MUNTAZIR

MUNTAZIR (taxallusi; ismi Yusufqori) (1831, Qoʻqon — 1889, Andijon) — shoir. Qoʻqondagi «Madrasai oliy»ni tugatgach, mudarrislik qilgan. U Nizomiy, Hofiz, Navoiy, Bedil asarlarini chuqur oʻrgangan. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Pisandiy, Muhay-yir, Rojiy Margʻinoniylar bilan yaqindan tanishgan, adabiy hamkorlik qilgan. Xudoyorxon oʻgʻli Nasriddinbekni Andijonga hokim etib tayinlaganda, Muntazirni unga maslahatchi qilib yuboradi (1860). Shu sababli umrining oxirigacha Andijonda yashab ijod qiladi.

Muntazir oʻzbek va forstojik tillarida yozgan zullisonayn shoir sifatida shuhrat qozongan. Mumtoz sheʼriyatning anʼanaviy janrlarida ijod qilgan, koʻproq gʻazal, muxammas, muvashshah, ruboiylar yozgan. Ularda zamonadan shi-koyat, erk va maʼrifat gʻoyalari ifodalangan. Muntazirning «Bayozi Muntazir» sheʼ-rlar toʻplami bizgacha yetib kelgan. Bayo-zga 800 misradan koʻproq sheʼrlari kirgan.

Ad:. Asrlar nidosi, T., 1982; Ahmadjo-nova F., Adabiyotimizning oʻchmas siymolari, T., 1983.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x