MUMTOZ RAQS

MUMTOZ RAQS — oʻzbek milliy rake turkumi; avloddan-avlodga utib, sayqal topib, asosan professional raqs ustalari tomonidan ijro etib kelingan, shakli va harakatlari tartiblashgan raqslar. Mavzu ramziy vositalar, timsollar va shartli-umumlashma xarakatlar bilan ifoda qilinishi, illyustrativ harakatlar, maishiy unsurlar deyarli ishlatilmasligi Mumtoz raqsning eng muhim xususiyatidir. Mumtoz raqs markazida — inson, uning ehtiroslari, his-tuygʻulari turadi. Mumtoz raqs bir kishi yoki guruh bulib ijro etiladi. Tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) maqom raqsi (maqom ohanglarida ijro etiladigan raqslar); 2) katta oʻyin (Fargʻona raqslari);

3) sozanda va mavrigixonlarning raqslari; 4) lazgi (Xorazm turkum raqslari). Oʻzbekiston hududida Mumtoz raqs islomgacha boʻlgan davrlardayoq (1—7-a. lar) shakllangan. Buxoro, Samarqand, Toshkent va Shahrisabzdan chiqqan raqqosalarning Xitoy imperatori saroyida Mumtoz raqslarni namoyish etganligi haqida maʼlumotlar saqlangan. Uygʻonish davrida (9—12-a. lar), ayniqsa Amir Temur va temuriylar qukmronligi davrida Mumtoz raqs ravnaqtopdi. 20-a. da zamonaviy sahnalarda namoyish qilina boshladi. Bunda Mirza XamDam. Makaylik (Usta Muhammadxon), Tamaraxonim, Maqkam hofiz, Mukarrama Turgʻunboyeva va b. ning xizmatlari katta. «Dilxiroj», «Pilla», «Rohat», «Tanavor», «Bahor» kabi sahnaviy raqslarni Mumtoz raqs tushunchasiga kiritish mumkin.

Ad.: Avdeyeva L., Oʻzbek milliy raqsi tarixidan, T., 2001.

Muhsin Qodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x