MUHANDIS

MUHANDIS (arab) , injener — texnikaning muayyan bir sohasiga ixtisoslashgan mutaxassis; texnika sohalaridan biri boʻyicha oliy maʼlumotli kasb egasi. Ilgari Sharqda binokor, yer oʻlchovchi, bino va inshootlarni loyihalovchi, handasa (geometriya) bilan shugʻullanuvchi kishilar Muhandis deb atalgan. Bagʻdod, Damashq, Buxoro, Xiva, Samarqand, Toshkent, Qoʻqon va b. sha-xarlarda hozirgacha saqlanib qolgan qad. bino va inshootlar qurilishida foydalanilgan murakkab handasaviy (geometrik) shakllar, arklar, gumbazlar, qubbalar; sugʻorish va suv chiqarish inshootlari (koriz, sardoba), charxpalak (chigʻir) M. lik qadimdan taraqqiy etganligini bildiradi. Xususan, Aщad al-Fargʻoniyning Nil daryosiga qurilgan suv mikdorini oʻlchash inshooti ham Muhandislik namunasi hisoblanadi.

Yevropada, dastlab, harbiy mashinalarni boshqargan kishilar injener (lot. ingenium — qobiliyat) deb nomlangan. Bu tushuncha 16-a. da Gollandiyada koʻprik va yoʻl quruvchilarga nisbatan ishlatilgan, soʻngra Angliya va b. Yevropa mamlakatlariga tarkalgan.

Muhandis ninghozir mexanik-M., gidrotexnik – M., kon M. si, harbiy Muhandis, loyihalovchi Muhandis, fizik-M., texnolog-M., quruvchi – M., irrigator-M. va b. turlari bor. M. lar sanoat, transport, qurilish va xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida, i. t. muassasalarida ishlaydi, muhandislik akademiyalarida, texnika in-tlari va un-tlarida, oliy texnika bilim yurtlari va b. muassasalardatayyorlanadi. Oʻzbekistonda Muhandislar Toshkent texnika unti, Toshkent informatsiyalar texnologiyasi unti, respublika viloyatlaridagi oliy texnika oʻquv yurtlari, Toshkent arxitektura-qurilish in-ti, Toshkent kimyotexnologiya in-ti, Toshkent davlat aviatsiya in-ti, Toshkent avtomobil-yoʻllar in-ti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi in-ti, Toshkent t. y. transporta muhandislari inti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat in-ti va b. muassasalarda tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x