MUHAMMEDOV Amin Muhammedovich

MUHAMMEDOV Amin Muhammedovich (1916.14.4 – Toshkent – 2000.16.5) gidrotexnik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi, texnika fanlari d-ri (1966), prof. (1968), VASXNIL muxbir aʼzosi (1970). Leningrad industrial in-tini tugatgan(1937). Oktepa va Farhod GES, Shim. Toshkent kanali qurilishlarida ishlagan. Oʻzbekiston FA Inshootlar, Suv muammolari va gidrotexnika intlarida ilmiy xodim, gidravlika va lab. boshligʻi (1950—61), Oʻrta Osiyo irrigatsiya i. t. in-tida dare oʻzanlarini bo-shqarish boʻlimi boshligʻi (1961—86), yetakchi ilmiy xodim (1986— 2000). Muhammedov ayni paytda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari in-tida katta oʻqituvchi, dotsent, prof. (1956—2000).

Muhammedov ilmiy ishlari dare oʻzanlari, ularning choʻkindi-oqiziklarini toʻgʻonlardan oʻtkazib yuborish, Amudaryoning quyi qismida uchraydigan deygish hodisasi va uning oldini olish muammolariga bagʻishlangan. Sibir daryolarini Oʻrta Osiyoga oqizish loyihasida bosh kanalning gidravlik oʻlchamlarini aniqlash, suv manbalaridan oqilona foydalanish, Orol dengizining ekologik muammolari masalalari ham uning ilmiy izlanishlarida muhim oʻrinda turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x