MUHAMMADJONOV Shomahmud Shohodiyevich

MUHAMMADJONOV Shomahmud Shohodiyevich (1954.27.4, Toshkent) — miniatyurachi rassom, kitobat sanʼati ustasi. Oʻzbekiston BAakad. (1997). Uzbekiston xalq rassomi (2001). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1974). Uzbekiston FA Sharqshunoslik inutida rassom. 1970-y. larda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida prof. Ch. Ahmarov va H. Sulaymonlardan rassomlik va miniatyura sanʼatini oʻrgandi. Sharqmini-atyurasi va kitobat sanʼati sohasida chuqur izlanishlari natijasida qad. qogʻoz tayyorlash usuli va sahifa bezagining abri bahor turini qayta tikladi, miniatyura sohasida samarali ijod qilmoqda. Oʻrta asr Sharq miniatyurasiga oid chuqur bilim va akademik dastgohli rangtasvir malakalari Muhammadjonovning oʻziga xos badiiy uslubining shakllanishini taʼminladi: qiyofa, vazi-yat, imo-ishoralar, ranglarning ramziy maʼnolari orqali qahramonlarining ruhiy holatini aks ettiradi, miniatyura sanʼatining anʼanaviy tizimiga zamonaviy muallifning oʻziga xos badiiy tafakkurini ham singdiradi. A. Qodiriyning «Mehrobdan chayon» asariga rasmlar (1974, Toshkentdagi Adabiyot muzeyida), Sharqadabiyoti (Firdavsiy, Nizomiy va b. asarlari) mavzuida lokli miniatyura namunalarini yaratdi (1983—84, Amaliy sanʼat muzeyida). Kitobat sanʼati usulida «Navoiy lirikasi» toʻplami (1983, Yaponiyada), «Kalila va Dimna» asari boblari boʻyicha 2 ta (1985, 1991; Metropoliten muzeyida), M. Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asari (1985, Uzbekiston tarixi muzeyida), «Temur tu-zuklari» (1991) qoʻlyozma nusxalarini tayyorladi. «Ipak yoʻli hikoyalari» asarlar turkumi (1999) va b. asarlari mashhur.

Muhammadjonov asarlari respublika va chet mamlakatlardagi (jumladan, Eron, 1998, 2000; Turkiya, 1999) koʻrgazmalarda namoyish etilgan. Hamza nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). «Shuxrat» medali bilan mukofotlangan (1996).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x