MUHAMMAD RAHIM I

MUHAMMAD RAHIM I (toʻliq ismi Muhammad Rahimxon ibn Avaz inoq ibn Muhammad Amin inoq) (1775—1825) — Xiva xoni (1806—1825). Akasi Eltuzarxon vafotidan keyin taxtga oʻtirgan (1806). Muhammad Rahim I I Xiva xonliginn birlashtirishda ijobiy natijalarga erishgan; bir qancha siyosiy, iqtisodiy, maʼmuriy islohotlar oʻtkazgan. Xon saroyi qoshida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Kengash (Devon) taʼsis etilgan.

M. P. I mamlakatni kengaytirish uchun turkman — chovdurlar ustiga yurish qilgan (1808-1809). Shu yili Hasan-boy elini boʻysundirib Qoʻngʻirotga hujum qilgan, biroq u yerda qattiq qarshilikka uchragan. Oymirza hukmronlik qilayotgan qoraqalpoqlarning bir qismini Oq yoqsh degan mavzega koʻchirgan. M. P. I Orol boʻyi qoraqalpoqlarini boʻysundirish uchun bir necha marta yurish qilib, 1811-y. da Toʻramurod soʻfini yengib xonlikni mustahkamlagan. 1812—18 y. lar davomida Sirdaryo boʻyi qozoklari va Marvdagi taka turkmanlar ustiga yurish qilib, ularni xonlikka qoʻshib olgan. Bu gʻalabalar Xiva xonligining mavqeini mustahkamlab, uni mustaqil qudratli davlatga aylantirgan. 1823— 1824-y. larda Buxoro amirligiga tegishli Qoqishtivon, Ogʻor va Poykend qalʼalariga talonchilik yurishlari qilgan. Buxoro amiri Haydar bilan sulh tuzgan (1825).

M. P. I davrida Dashti Qipchoq, Xuroson Xiva xonligiga soliq toʻlab turgan. Xonlik hududi jan. da Xuroson, shim. da Orol dengizi va Sirdaryoning quyi oqimidagi yerlar, sharqda Buxoro amirligiga tutash hududlar, gʻarbda Kaspiy dengizi qirgʻoklarigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga olgan. M. P. I oʻzi qurdirgan Paxlavon Maxmud maqbarasitt katta xonaqohning toʻriga dafn etilgan.

M. P. I arab, fors tillarini bilgan. Ilm ahliga homiylik qilgan. Olim, shoir va donishmandlar bilan suhbatlar oʻtkazib turgan. Muniaa Eltuzarxon davrida boshlangan «Firdavs-ul-iqbol» asarini davom ettirishga sharoit yaratib bergan. 1813-y. Munisga «Ravzat-ussafo» asarini tarjimasini topshirgan. Mamlakatda bir qancha kanallar qazdirib obodonlashtirishga eʼtibor bergan. Arkda zarbxona tashkil qilib oltin va kumush tangalar chiqargan. M. P. I davrida ichkilik va bangilik taqiklangan. Paxlavon Mahmud maqbarasi qayta qurilgan. Xivada bir qancha Madrasa va masjidlar qurilgan. Bojxona va b. muassasalar ishga tushgan (yana q. Xiva xonligi).

Ad.: Munis , Firdavs-ul-iqbol, T., 1952; Muhammad Yusuf Bayoniy, Shajarayi Xorazmshohiy, T., 1964.

Nemat Polvonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x