MUHAMMAD JOʻGIY MIRZO

MUHAMMAD JOʻGIY MIRZO (1402—1444) — temuriy shahzoda. Shohruxnint oʻgʻli. Onasi — Gavharshodbegim. 1433-y. Garmsir viloyati hokimi, 1443-y. dan Balx hokimi. 1419-y. Moʻgʻuliston xoni Shamʼi Jahrnning qizi Mehr Nigor ogʻoga uylangan. 1427-y. 15fev. da otasining topshirigʻiga koʻra, Baroqxonga qarshi harbiy yurish qilgan akasi Ulugʻbekka yordam berish uchun Hirotdan qoʻshin bilan otlangan va Samarqanddan Sigʻnoqqa boradigan yoʻlda unga qoʻshilgan. Sigʻnoq yaqinidagi qirlarda son jihatdan koʻp boʻlsada, raqibga nisbatan tegishli xavfsizlik tadbirlarini koʻrmagan shahzodalar Baroqxon qoʻshinidan magʻlubiyatga uchrashgan. Ulugʻbekning shu yilning apr. da uyushtirgan qayta yurishida Muhammad Joʻgiy Mirzo betobligi sababli Samarqandda qolgan. Shohruxning Muhammad Joʻgiy Mirzoni oʻziga valiaxd qilish niyati bor edi, lekin Hirotda amaldagi hokimiyat Gavharshodbegim qoʻlida boʻlib, devondagi muhim masalalarni hal qilishga uni yaqinlashtirmas edi. Muhammad Joʻgiy Mirzo koʻp vaqtini Hirotda oʻtkazgan, otasining Gʻarbiy Eronga qilgan yurishlarida qatnashgan. Hirotdagi Gavharshodbegim madrasasidagi Boysunqur maqbarasiga dafn etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x