MUHAMMAD BIN ABDULLA

MUHAMMAD BIN ABDULLA Said alhasan (taxm. 1860—1920.21.12, Efiopiya, Imi r-ni) — Somali xalqining milliy qahramoni, Buyuk Britaniya va Italiya mustamlakachilariga qarshi ozodlik qoʻzgʻoloni rahbari (1899 — 1920). Somali ya. o. ingliz mustamlakachilari tomonidan bosib olinib, taqsimlangandan keyin boshlangan qoʻzgʻolon milliy ozodlik tusini olgan. Qoʻzgʻolon «Muqaddas urush» (jihod), «dinsizlar»ga qarshi koʻrinish shaklini olib, Somali xalqining keng ommasini qamrab olgan. Natijada ingliz mustamlakachilari ichki r-nlardan qoʻshinlarini olib chiqishga majbur boʻlishgan. Ozod qilingan hududlarda markazlashgan davlat tuzish harakati boshlangan. 1920-y. dagina ingliz mustamlakachilari aviatsiya yordamida Muhammad bin abdulla A. ning qoʻshinini magʻlubiyatga uchratishgan. Muhammad bin abdulla A. uyushqoqlik bilan qoʻshinini Efiopiyaga oʻtkazishga erishgan, lekin koʻpgina qoʻzgʻolonchilar va uning oʻzi kasallikdan vafot etishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x