MUGʻXONA

MUGʻXONA, qurum, mugʻtosh — 1) otashparastlar qarorgohi;

2) oʻtov shaklida toshdan yasalgan qabr inshooti (mil. av. 3—2 — mil. 5—6-a. lar). Namangan viloyatidagi Kosonsoy yaqinidan topilgan M. Shim. Fargʻonaning yarim oʻtroq qabilalariga mansub. Inshoot devorlari siniq va yupqa toshlardan qorishma ishlatilmay oval shaklida (5×8,5 m) qurilgan. Ichki xonaning chiqish tuynugi boʻlib, toshtaxta bilan berkitib qoʻyilgan. Mugʻxonadan odam suyaklari, tuvak, koʻza, dastali piyola, qilich, pi-choq, jez va temir oʻq uchi, jez koʻzgu, zirak, uzuk, munchoq, nafis moʻychinak va b. topilgan. Idishlar qizil, qora angob bilan tirnab hoshiyalangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x