Mo‘min Rizo haqida

Bugungi kunda kino olamida bir qator film va seriallardagi rollari bilan tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan aktyor Mo‘min Rizo 1983 yil 5 noyabrda Farg‘ona viloyatida, san’atga aloqador bo‘lmagan ziyolilar oilasida tavallud topgan. Oiladagi to‘ng‘ich farzand bo‘lgan Mo‘minning otasi va amakisi tadbirkor bo‘lganliklari uchun, uni ham kelajakda tadbirkor bo‘lishini istashardi. Shu tufayli ham, Mo‘min Rizo maktabni tugatgach, 2001-2006 yillarda Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetining “Huquq va bojxona” fakultetida tahsil oldi. So‘ng, otasi va amakilari izidan borib, 2012 yildan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, 2014 yil fevral oyida o‘z kompaniyasini ochdi va hozirgi kunga qadar direktor sifatida uni boshqarib kelmoqda. Ammo, vaqt o‘tgan sayin Mo‘min Rizo qalbidagi sport va san’atga bo‘lgan mehr ustun keldi. Bolaligidan sport bilan shug‘ullangan, san’atga kuchli qiziqishi bo‘lgan Mo‘min Rizo tez orada kinoprodyuserlar va rejissyorlar e’tiborini tortdi. Sportchilarga xos tashqi qiyofasi tufayli tez orada uni film va seriallarda rollarga taklif qila boshlashdi. U 2015 yilda prodyuser Ruslan Mirzayevning “Super Komanda” komedik televizion filmida xarakterli ota rolida, so‘ng, ketma-ket “Bahor oylarida”, “Zuhraxonning sinfi”, “Menga Qorbobo kerak”, “Dilozorim”, “Merosxo‘r”, “Ota rozi”, “Snayper” kabi bir qator filmlarda har xil xarakterdagi rollarni ijro qildi.
Mo‘min Rizo o‘zining ilk bosh rolini “Egizak oshiqlar” komedik filmida ijro etdi. Bu egizaklardan biri Rustam roli bo‘lib, bu rol orqali u tomoshabinlar mehrini qozondi. Shundan so‘ng, aktyor o‘zbek-turk kinoijodkorlari bilan hamkorlikda yaratilgan “Yuraklar jangi” serialida, muammolar girdobida qolgan Bobur aka obrazini yaratdi. Bu obraz aktyorning o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylandi.
Shundan so‘ng, Mo‘min Rizoga seriallar borasida ham takliflar ko‘paydi va u “Bokira”, “Baxt qushi”, “Asira” seriallarida turli xarakterli rollarni ijro qildi.
Mo‘min Rizo o‘zining prodyuserlik faoliyatiga ham qadam qo‘yib, “Rizosinema” kinostudiyasiga asos solgan. Mo‘min Rizoning ilk prodyuserlik qilgan “Rizo” seriali, tez kunlarda yurtimiz telekanallaridan birida namoyish etilishi kutilmoqda.
Aktyor Mo‘min Rizo hayotda ham, film va seriallardagi qahramonlari kabi samimiy, mard va og‘ir-bosiq inson. Sport bilan muntazam shug‘ullanadi.
Mo‘min Rizo oilali, hayotda namunali umr yo‘ldoshi, hamda 5 farzand, ya’ni 4 qiz va bir o‘g‘ilning mehribon otasi. Rafiqasi Ziyoda Normurodova ham aktrisa bo‘lib, bir necha film va seriallarda suratga tushgan.
Mo‘min Rizo o‘z muvaffaqiyatini vaqtni to‘g‘ri taqsimlashda, deb biladi. Chunki, u bir vaqtning o‘zida aktyorlik, prodyuserlik va tadbirkorlik faoliyatini teng olib bormoqda. Shuningdek, sport bilan shug‘ullanishga ham vaqt topadi.
Hozirgi kunda Mo‘min Rizo o‘zbek-turk kinoijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olinayotgan “Yur muhabbat” serialida suratga tushmoqda.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x