Mohim — Yor bo’lay

Daraxtlardan barglar to’kilsa behol,
Seni jonim, sevganim kelmasin malol.
Bilaman men umrim o’tadi bekor,
Sensiz o’tgan qancha tunlarim bedor.

Yo’llaringga termuladi ko’zlarim,
Seni jonim, kutarman men betinim.
Yig’lamayman, yolg’izlikdan qo’rqmayman,
Sevging birla seni hamon kutarman.

Yor bo’layin qalbingga,
Yor bo’layin dardingga,
Yor bo’layin quvonchingga,
Yor bo’layin o’zingga. (x2)

Mayli daryo bo’lib oqsin ko’z yoshim,
Sahrolarda qovjirasin bardoshim.
Ko’zlarimning nuri sinsin yo’lingda,
Layli bo’lay, telba bo’lay ishqingda.

Bilaman men bir kun keladi damlar,
Unutilib yo’q alamu bu bog’lar,
Daraxtlarda ado bo’lsa ham barglar,
Bahor kelar, yana ochar kurtaklar.

Yor bo’layin qalbingga,
Yor bo’layin dardingga,
Yor bo’layin quvonchingga,
Yor bo’layin o’zingga. (x3)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x