MOʻYNALI HAYVONLAR

MOʻYNALI HAYVONLAR — terisi dan moʻyna olinadigan yovvoyi va qoʻlda boqiladigan sut emizuvchi hayvonlar. M. h. ning har xil turkumga mansub 100 dan ortiq turi bor. Yirtqichlar turkumidan suvsarlar oilasiga mansub hayvonlar: suvsar Sibir, Uzoq Sharq va Shim. Uralda, dengiz qunduzi Kamchatka, Kuril, Komandar o. lari va Shimoliy Kaliforniya qirgʻoklarida tarqalgan. Ayrim noyob Moʻynali hayvonlar (yoʻlbars, qoplon, oq ayiq, bars, qizil boʻri va b.) qizil kitobga kiritilgani sababli ularni ovlash taqiklanadi. Sifatli moʻyna olish uchun Moʻynali hayvonlar kuz yoki qishda ovlanadi. Koʻpchilik Moʻynali hayvonlar (tulki, amerika norkasi, suvsar, nutriya va b.) turlari kataklarda koʻpaytirib boqiladi (q. Darrandachilik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x