MOʻMINOV Tolib Musayevich

MOʻMINOV Tolib Musayevich (1943.11.1, Samarqand sh.) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), fizikamatemat. fanlari d-ri (1979), prof. (1981). SamDU ni tugatgan (1965), SamDU va Birlashgan yadro tadqiqotlari inti (Dubna sh.) da ilmiy xodim (1965— 79). ToshDUdalab. mudiri (1979—81), Amaliy fizika i. t. in-ti direktori (1981 — 87; 1995-y. dan), SamDU rektori (1992 — 95). Ilmiy ishlari fundamental va amaliy yadro fizikasiga oid. Uning bevosita rahbarligida eksperemental yadro fizikasi uchun bir necha noyob ilmiy qurilmalar (SB—50 betatroni, MT— 22S mikrotroni, EG—2 ionlar tezlatkichi, IBM kuchli ion dastasi injektori va b.) yaratildi. Yaratilgan qurilmalar yordamida atom yadrosining xossalari, tezlashtirilgan elektronlar dastasining gaz muhitidan oʻtishi, yuqori energiyali gamma-kvantlar dastasining oʻta kichik burchaklarga sochilishi va radioekologiyaga oid izlanishlar oʻtkazdi. Beruniy nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x