MOʻMINA XOTUN MAQBARASI

MOʻMINA XOTUN MAQBARASINaxichevan (Ozarbayjon)dagi meʼmoriy yodgorlik (1186). Osiyo davlatidagi ildegizlar otabegi Muhammad Jahon Pahlavon rafiqasiga atab kurdirgan. Meʼmori Ajamip. Tarhi aylana, 10 qirrali, minora shaklida, diametri 14 m ga yaqin, bal. 25 m. Tashqi kulohiy gumbazi (10 qirrali) saqlanmagan. Faxriddin Roziy maqbarasi, Qaldirgʻochbiy maqbarasi gumbazlariga xos uslubda qurilgan. Maxrbatli shakl mutanosibligi va meʼmoriy bezagi serhashamligi b-n ajralib turadi. Devor qirralari va sharafasi, yassi ravoqlari handasiy va islimiy naqshlar, kufiy yozuvi, feruza koshin va sirlanmagan gʻishtlar bilan bezatilgan. Ravoqlar tepasidagi aylana yozuvda qurilgan yili va meʼmor nomi saqlangan. Yer-toʻla markaziga tayanch ustuni oʻrnatilgan boʻlib, ravoqlari oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan. 2 sagʻana birinketin joylashgan. Moʻmina xotun maqbarasining bezak va nisbat goʻzalligi, mahobatli shakli Naxichevan meʼmorlik maktabida yaratilgan oʻziga xos xususiyatdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x