MOʻMINOBOD

MOʻMINOBODjez davri mozorkoʻrgʻoni (mil. av. 2-ming yillikning 2-yarmi). Samarqand viloyatiUrgut tumani Moʻminobod qishlogʻi yaqinida joylashgan. 1964-y. arxeolog D. N. Lev, 1966-y. Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya in-ti otryadi (A. A. Asqarov) tadqiqot ishlari olib borgan. Ayollar koʻmilgan 5 kabr ochilgan. Qabrda mayyitlar oʻng yoni b-n, boshi gʻarbga qarab egilgan holda koʻmilgan. Mozordan boy dafn ashyolari — geometrik naqshlar oʻyilgan ganchkor xum idish, tilla va jez sirgʻalar, usti tilla va kumush bilan qoplangan bilaguzuk, jun ip qoldiqlari saqlangan munchoqlar_, uzuk, oynalar va b. topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x