MOʻGʻULLAR ISTILOSI

MOʻGʻULLAR ISTILOSIChingizxon boshchiligidagi moʻgʻullarning Osiyo va Sharqiy Yevropaga qilgan bosqinchilik yurishlari (13-a.). Moʻgʻul noʻyonlari harbiy tashkilot tuzib, koʻp xalqlarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qoʻshinining asosiy kuchi — koʻchmanchilardan iborat koʻp sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosq-inchilik urushlarida bosib olgan mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Qoʻshin birlashgan qoʻmondonlikka ega boʻlib, qattiq in-tizom va yaxshi qurollanganligi hamda oʻzining jangovar si-fatlari bilan qoʻshni mamlakat qoʻshinlarida,n ustun turar edi. Osiyo va Sharqiy Yevropaning juda koʻp mamlakatlaridagi ichki nizolar va rahbar tabaqaning xoinligi moʻgʻullarning osonlik bilan gʻalabaga erishishiga qoʻl keldi.

Moʻgʻullar istilosi Chingizxon ʼoshshqmoʻgʻullar davlatining tashkil topishidan boshlanib, 13-a. oxiriga qadar davom etgan. 1207— 11 y. larda Sibir va Sharqiy Turkiston xalqlari (buryat, yoqut, oyrot, qirgʻiz va uygʻurlar) boʻysundirildi. Tangut davlati (Si-Sya)ga qarshi bir qancha yurishlar qilindi (1227-y. butunlay vayron qilindi). 1211-y. Chjurchjen davlati (Shim. Xitoy)ga hujum boshlandi, 90 ga yaqin shaharni vayron qilib, 1215-y. Pekinni bosib oldilar. 1217-y. Xuanxe daryosining shim. dagi yerlarning hammasi moʻgʻullar qoʻliga oʻtdi.

Moʻgʻullarning Movarounnahrni istilo qilishi. Oʻtror voqeasi va undan keyin Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bugʻroning oʻldirilishi, Movarounnahrga Chingizxonning bostirib kirishi uchun bahona boʻldi. Bu yurishda Chingizxon dastlab Sharqiy Turkiston va Yettisuvni zabt etdi. Chingizxonning Movarounnahrga bosqini avvaldan puxta tayyorgarlik koʻrib rejalashtirilgan edi. Chingizxon Gʻarbga harbiy yurishini boshlamasdanoq oʻz dushmanining kuchqudrati va urushga tayyorgarligi toʻgʻrisida savdogarlar orqali toʻplagan maʼlumotlarini sinchiklab oʻrganib, Xorazmshohlar davlatinmng ichki ahvolidan toʻla voqif edi. Xorazmshoxlar davlati koʻp sonli turkiy qoʻshin va yaxshi qurollangan koʻngillilar lashkari qamda yetarli oziq-ovqat zaxirasiga ega edi. Afsuski, xorazmshoh bilan sarkardalar oʻrtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq bunday ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Kengashda fikrlar boʻlinib ketdi. Xorazmning mashhur faqihi, muftiy Shahobiddin Xivaqiy barcha qoʻshin (400 ming askar)ni Sirdaryo boʻyiga toʻplab, uzoq yoʻl safarida toliqib kelayotgan moʻgʻullarni qarshi olish, dushmanga hali oʻzini oʻnglab olmasidan turib, bor kuch bilan katta jangda toʻsatdan zarba berish toʻgʻrisida birdanbir toʻgʻri fikr bayon qiladi. Birok. Muhammad xorazmshohga bunday fikr maʼqul boʻlmaydi. Chunki, u oʻzining oliy lashkarboshilaridan boʻlgan qipchoq lashkarboshilarga tamoman ishonchsizlik bilan qarar edi. Shuning uchun ham u katta qoʻshinni bir joyga toʻplashdan va ular fursatdan foydalanib uni taxtdan agʻdarib tashlashlaridan qoʻrqar edi. Askariy kuchini qalʼa va istehkomlarga boʻlib yuborib, ayrim shaharlarni moʻgʻullarga qarshi qoʻyish bilan dushmanga zarba bermoqchi boʻldi. Xorazmshoh moʻgʻullarning asosiy zarbasi Movarounnahrning Zarafshon vodiysiga qaratilsa kerak degan fikr bilan Samarqand va Buxoro sh. larini mustahkamlashni buyurdi. Samarqandning tashqi devorini qayta qurish maqsadida shahar aholisidan hatto bir yil ichida 3-marta xiroj ham yigʻib olinadi. Barcha koʻrilgan choratadbirlarga qaramasdan xorazmshox. hujumga tayyor emas edi. 1219-y. ning kuzida Chingizxon xorazmshoh saltanatiga qarshi yurish boshladi. Jami askari 200 mingga yaqin boʻlgan moʻgʻullarga uygʻur xoni Idiqut va Olmaliq hukmdori Sigʻnoq teginlar ham oʻzlarining harbiy kuchlari bilan qoʻshilgan edi. Chingizxon Oʻtror sh. yaqinida, Movarounnahr va Xorazmni qisqa muddat ichida zabt etish uchun qoʻshinini 4 qismga boʻladi. Uning bir qismini oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoy boshchiligida Oʻtrorni qamal qilish va uni egallash uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Joʻji boshliq etilib, Sirdaryo etagi tomon yuboriladi va unga Sigʻnoq, Oʻzgan, Barchinligʻkent, Jand, Yangikent va b. shaharlarni bosib olishni buyuradi. 5 ming kishilik uchinchi qoʻshinni Oloq noʻyon hamda Suketu-cherbi qoʻmondonligida Banokat va Xoʻjand sh.

lari tomon yuboradi. Chingizxonning oʻzi asosiy kuchlari bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon lashkar tortadi. Inolchiq rahbarligida oʻtrorliklar shaxarni mudofaa qilib 5 oy davomida oʻz qoʻllarida ushlab turadilar. Nihoyat moʻgʻullar shaharni egallashga muvaffaq boʻladi. Aholini shahardan tashqariga haydab chiqaradilar va qatl etadilar, shaharni esa talaydilar (yana q. Oʻtror mudofaasi). Shu asnoda Buxoroga yoʻnalgan Chingizxonning asosiy kuchlari yoʻlda Zarnuq va Hyp qalʼalarini ishgʻol qiladilar. 1220-y. fev. da Chingizxon Buxoroga yetib boradi (q. Buxoro mudofaasi). Moʻgʻullar Buxoroni vayron qilgandan keyin Samarqandga yoʻl oldi. Chingizxon Buxorodan haydab keltirgan asirlardan tashqari oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoylarning Oʻtrordan olib kelgan bandilarini ham Samarqand qamaliga safarbar etadi (q. Samarqand mudofaasi), Muhammad xorazmshoh Subutoy bahodir va Jebe noʻyon bosh boʻlgan moʻgʻul qoʻshinining taʼqibidan qochib, Kaspiy dengizining jan. dagi orollardan birida panoq topadi va sal vaqt oʻtmay gʻariblikda zotiljam kasali bilan va-fot etadi. Bu davrda moʻgʻullarning Joʻji boshliq askariy qismlari Sirdaryo etaklarida bosqinchilik qilmoqda edi. Joʻji shaharni jangsiz taslim boʻlishini talab qilib, Sigʻnoqqa elchi sifatida yuborgan Hasanxoja ismli savdogarni sigʻnokliklar oʻldiradilar. Bundan dargʻazab boʻlgan Joʻji shaharga hujum boshlaydi. Bosqinchilar shaharni talab, aholisini bitta qoldirmay qiradi. Bu voqeadan dahshatga tushgan Oʻzgan sh. aholisi moʻgʻullarga jangsiz taslim boʻladi, ammo, Barchinligʻkentni olishda yana kuch ishlatadilar. 1220-y. Jandga hujum boshlaydilar. Jand noibi Qutlugʻxon shaxarni tashlab Xorazmga qochadi. Bosqinchilar Jandni qarshiliksiz egallab, uni talaydilar. Aholisining qurollangan qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi. Bu vaqtda Oloq noʻyon, Suketu cherbi va Toʻgʻay kabi moʻgʻul sarhanglari 5 ming qoʻshin b-n Banokat va Xoʻjand sh. lari ustiga yuradi. Banokat himoyachilari qilichdan oʻtkazilib, qolganlari qullikka mahkum etiladi. Shaqar zabt etilgach, navbat Xoʻjandga keladi. Asli nasabi turk boʻlgan Temur Malikning shaxsiy qaxramonligi bilan xoʻjandliklar moʻgʻullarga kutilmagan qarshilik koʻrsatadilar. Juvayniy va Rashiduddinlarning asarlarida Xoʻjand qamalida 20 ming moʻgʻul va 50 ming asir qatnashganligi aytilgan. Biroq, himoyachilarning kuchi teng boʻlmaganligidan Temur Malik shaharni tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. 1220-y. ning yozida Movarounnahr jan. da shu vaqtgacha bosib olinmagan shaxarlarni zabt etishga Chingizxonning shaxsan oʻzi kirishadi. Avval u Nasafga bostirib kiradi. Shaharliklar dahshatga tushib shahar darvozalarini ochib beradilar. U Termizga askar tortadi. Termizning noibi Faxriddin Xabash qattiq qarshilik koʻrsatadi. Termiz sh. va aholisi ham moʻgʻullarga qarshilik koʻrsatgan boshqa shaharlar fojiasini boshidan kechirdi. Sirdaryo havzasi, Zaraf-shon va Qashqadaryo vohalari, Amudaryo oʻrta oqimining oʻng sohili viloyatlari zabt etilgach, Chingizxon asosiy kuchni xorazmshoxlar davlatining markazi Gurganjga tashlaydi. Bu harbiy kuchni Chingizxonning oʻgʻillari Joʻji, Chigʻatoy va Oʻqtoylar boshqaradi (q. Urganch mudofaasi). Xorazmshoxlar davlati bosib olingach, moʻgʻul jangarilari oʻz kuchini yirik savdo va madaniyat markazlari boʻlmish Balx, Hirot, Marv va Gʻazna kabi shaharlarga yoʻnaltiradi. Ammo bu yerda ular Jaloliddin Manguberdinnnt qattiq qarshiligiga uchraydi. Moʻgʻul qoʻshinining atoqli jangchilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar. Moʻgʻullarning Parvon dashtidagi magʻlubiyatidan keyin (q. Parvon jangi) Chingizxon harbiy harakatlarni shaxsan oʻzi boshqaradi. Chingizxon Gʻaznaga lashkar tortadi. Jaloliddin esa urushsiz Sind (Hind) daryosi sohillariga chekinadi. Daryo boʻyida 1221-y. ning noyab. da ikki oʻrtada qattiq jang boʻladi. Moʻgʻullarning pistirmaga qoʻygan 10 ming nafarli saralangan lashkari jang oqibatini hal qiladi (q. Sind daryosi boʻyidagi jang). Raqibining jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon uni taʼqib qilish fikridan qaytadi. 1225-y. ga kelib, moʻgʻul qoʻshinlarining asosiy qismi Moʻgʻuli-stonga qaytib ketdi. Jebe noʻyon va Su-butoy bahodir qoʻmondonligidagi moʻgʻul qoʻshini gʻarbda urushni davom ettiradi va Shim. Eron orqali Zakavkazyega bostirib kirdi. Gruziya va Ozarbayjonning bir qismini vayron qildi. Kaspiy dengizi sohili boʻylab harakat qilib, alanlar yeriga bostirib kirdi va ularni tormor keltirdi (1222). 1223-y. 31-mayda Kalka jangida moʻgʻullar birlashgan rusqipchoq qoʻshinini yengib, uni Dnepr daryosi etagigacha quvib, keyin Oʻrta Volgaga chekindi. Biroq, Volgakama Bulgʻoriyasida magʻlubiyatga uchrab, Moʻgʻulistonga qaytib ketdi (1224). Bu moʻgʻul otliq askarlarining kelgusida gʻarbga qilinadigan yurishlari oldidan olib borgan razvedkasi edi. Chingizxon vafot etgach (1227), Oʻqtoyni Ulugʻ xon (qoon) deb koʻtargan qurultoy (1229) dan soʻng Moʻgʻullar istilosi 2 yoʻnalishda olib borildi. Sharqsa Shim. Xitoy toʻla bosib olindi (1231—34) va Koreya bilan urush boshlandi (1231 — 32). Moʻgʻullar bir qancha yirik yurishlar (1236, 1254, 1255, 1259) dan soʻng 1273-y. Koreyaning kattagina qismini bosib olishga muvaffaqboʻlgan. 1229-y. Subutoy bahodir 30 ming kishilik qoʻshini bilan Yoyiq daryosi boʻyiga chiqdi. Joʻji ulusining hukmdori Botuxon qoʻshini bilan birgalikda Kaspiy boʻyi dashtlaridan saksin va qipchoqlarni siqib chiqarishga erishdi. 1232-y. moʻgʻul qoʻshinlarining Volgakama Bulgʻoriyasiga yorib kirishga urinishlari bekor ketdi. Joʻji ulusining kuchlari bilan gʻarbga qilingan hujum qam natija bermadi. 1235-y. qurultoy chaqirilib, unda boshqa uluslar harbiy kuchlarini Botuga yordamga yuborishga qaror qilindi. 14 moʻgʻul xoni ishtirok etib qoʻshinning umumiy soni 150 mingga yetdi. 1236-y. kuzida moʻgʻul qoʻshinlari yana Volgakama Bulgʻoriyasiga qujum qilib, uni vayron qildi. Ular 1237-y. ning bahori va yozida alanlar, qip-choqlar va Oʻrta Volgaboʻyi xalqlari bilan urushni davom ettirib, kuzda Shim.-Sharqiy Rusga yurish qilish maqsadida hoz. Voronej atrofiga toʻplandi. 1237-y. qishning boshlarida Botu Ryazan knyazligiga hujum qiddi, 6 kunlik qamaldan soʻng Ryazan taslim boʻldi. 1238-y. Kolomna ostonasida Vladimir knyazligi askarlarini tor-mor qildi. Moʻgʻul qoʻshinlari Kolomna va Moskvani vayron qilish bilan birga 1238-y. fev. oyi mobaynida 14 rus shaxrini (Rostov, Uglich, Yaroslavl, Kostroma, Kashin, Ksnyatin, Gorodes, Galich-Mer-skiy, Pereyaslavlzalesskiy, Yuryev, Dmitrov, Voloklamskiy, Tver, Tor-jok)ni bosib oldi. 1240-y. kuzida Jan. Rusga yurish boshlandi. Dekabrning oxirlarida Kiyev, Vladimirvolinskiy, Galich va b. shaharlar bosib olindi.

1241-y. bahorida moʻgʻul qoʻshinlari rus hamda Sharqiy Yevropaning boshqa xalqlari koʻrsatgan qahramonona qarshiligiga qaramay, Gʻarbga tomon ilgariladi. Botu qoʻshinining asosiy qismi Karpat dovonlari orqali Vengriyaga kirib bordi va qirol Bela IV ning 60 minglik qoʻshinini tormor keltirdi. Vengriya poytaxti — Pesht sh. ishgʻol etilib, vayron qilindi, mamlakatning koʻp qismi xarobaga aylantirildi. Baʼzi moʻgʻul otryadlari Sharqiy Chexiyagacha kirib bordi, Birok qirol Vaslav I tomonidan qattiq qarshilikka uchrab orqaga qaytdi. 1241-y. oxirlarida Botu oʻz qoʻshinining Avstriya va Xorvatiya orqali Adriatika dengizi tomon boshladi. 1242-y. sohilda joylashgan qalʼalarni zabt eta olmagan Botu Bosniya, Serbiya va Bolgariya boʻylab orqaga qaytgan. Shunday qilib moʻgʻullarning Markaziy Yevro-paga qilgan hujumi tugadi.

Moʻgʻullar istilosi Gʻarbda — Kichik Osiyo va Yaqin Sharkda uzoq muddatga choʻziddi. Moʻgʻullar Zakavkazyeni bosib olgach, Koʻniya sultonligink tormor keltirdi. 1256-y. da Huloku Eron va Mesopotamiyani, 1258-y. esa Arab xalifaligining poytaxti — Bagʻdodni boʻysundirdi. Moʻgʻullar Suriyani ishgʻol qilib, Misrga qarshi hujumga tayyorlana boshladilar. Biroq, 1260-y. Misr sultoni qoʻshinlari b-n boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchraganlar. Moʻgʻullar istilosi Gʻarbda shuning bilan tugadi.

13-a. ning 2-yarmida moʻgʻullar Sharq va Jan.-Sharq mamlakatlarini zabt qilishga kirishdi. Moʻgʻul qoʻshinlari Jan. Sun imperiyasiga chegaradosh Dali davlati (1252—53) va Tibet (1253)ni bosib oldi. 1258-y. moʻgʻul qoʻshinlari har tomondan Jan. Xitoyga bostirib kirdi, biroq Mun/sening toʻsatdan vafot etganligi tufayli Jan. Sun im-periyasini zabt etish kechikdi. 1267 — 79 y. dagina Jan. Xitoy yangi Ulugʻ xon — Xubilay tomonidan ishgʻol qilindi. 1281-y. Yaponiyani bosib olish maqsadida 1000 kema, 100 ming kishilik Koʻshin joʻnatilgan. Ammo, mazkur flot toʻfonda qolib gʻarq boʻlgan. Moʻgʻullar oʻzlarining Jan.Sharqiy Osiyoga qilgan yurishlarida Xitoy armiyasi va flotidan foydalangan boʻlsalarda, muvaf-faqiyatga erisha olmaganlar. Moʻgʻul-xitoy qoʻshinlari bir necha yurishlar (1277 i. 2-marta va 1282, 1287-y. larda) dan soʻng Birmani ishgʻol qildi, biroq tezda (1291) u yerdan haydab chiqarildi. Moʻgʻul-xitoy qoʻshinlari va floti bir necha marta Vyetnamga hujum qilib (1257, 1258, 1284, 1285, 1287-88), uni boʻysundira olmadi. Tyampu davlati (Hindixitoyning jan.-sharqida) ham oʻz mustaqilligini moʻgʻullardan himoya qila oldi. Moʻgʻullar istilosi 1300-y. Birmaga qilingan yangi yurishdan soʻng tugadi.

Moʻgʻullar istilosi davrida tarixiy va madaniy yodgorliklar vaxshiylarcha yakson qilindi. Moʻgʻullar istilosi va hukmronligi davrida magʻlub va mazlum boʻlgan xalqlarning yagona halokati shu boʻldiki, ular dushmanga qarshi barcha ichki nizolarni chetga surib, birgalikda kurashning zarurligini anglab yetmadilar.

Manba: Rashidaddin , Sbornik letopisey, t. 1-3, M.-L., 1952-1956.

Ad.: Bartold V. V., Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya, Sochineniya, t. 1, M., 1963; Vladimirsov B. Ya., Obщyestvennыy stroy mongolov, L., 1934; Istoriya Mongolskoy Narodnoy Respubliki, Moʻgʻullar istilosi, 1954; Chuluunы Dalay, Mongoliya v XIII—XIV vekax, perevod s mongolskogo, Moʻgʻullar istilosi, 1983; Semyonov V. F., Oʻrta asrlar tarixi, [ruschadan tarjima], T., 1973.

Abdulahad Muhammadjonov, Shodmonqul Pirimqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x