Miya faoliyatini yaxshilaydigan 7 ichimlik

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

Miya faoliyatini yaxshilaydigan 7 ichimlik

1.Qahva
Qahva eng mashhur nootrop ichimlik hisoblanadi. Kofein va xlorogen kislotaga boy bo‘lgan qahva miya faoliyatini yaxshilaydi. Kofein diqqatni oshiradi va xotiraga ijobiy ta’sir qilibgina qolmay, Alsgeymer kasalligining oldini oladi. Uni kuniga 400 milligramm (taxminan, 4 finjon)gacha ichish zararli bo‘lmaydi.

2.Ko‘k choy
Kofein miqdori qahvadagidan kamroq bo‘lgani bilan ushbu ichimlik nootrop birikmalar l-teanin va gallat epigallokatexinni o‘z ichiga oladi. Tinchlanishga yordam beradigan l-teanin kofein bilan birga diqqatning oshishiga yordam berishi tadqiqotlarda aniqlangan. U miyaga ijobiy ta’sir qilib, neyrodegenerativ kasalliklarda yaxshi samara berishi mumkin.

3.Kombucha
Qora yoki ko‘k choy, shuningdek, meva va o‘simliklardan tayyorlanadigan mazkur ichimlik iste’molidan keyin ichaklarda foydali bakteriyalar, ya’ni probiotiklar ko‘payadi. Ichaklar faoliyatining yaxshilanishi esa miyaga ham ta’sir qilmay qolmaydi.

4.Apelsin sharbati
C vitaminiga boy bo‘lgan apelsin sharbati miya faoliyatiga ta’sir qiladi. O‘tkazilgan tadqiqotlarda C vitaminiga boy mahsulot iste’mol qiladigan kishilarning diqqati, xotirasi va fikrini ifoda qilishi boshqalardan yaxshiroq bo‘lishi aniqlangan. Ammo ushbu ichimlikda shakar apelsinning o‘zidan ham ko‘proq bo‘lgani bois me’yorga amal qilishni bilish kerak. Yurak kasalliklari va ikkinchi turdagi qandli diabet kelib chiqish xavfining oldini olish uchun esa shunchaki ushbu mevaning o‘zini iste’mol qilgan yaxshi.

5.Chernika sharbati
O‘simlik polifenolga boy ekani sabab ham chernika miya faoliyati yaxshilanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Antioksidantlar bisyorligi uchun ham ushbu mevani taomnomaga kiritish tavsiya qilinadi.

6.Lavlagi sharbati
Lavlagi hujayralarni kislorod va qon bilan ta’minlaydigan nitratga boy sanaladi. Ushbu jarayon miya va uning nutq, o‘rganish va murakkab qarorlarni qabul qilishga javob beradigan qismlari faoliyatida muhim rol o‘ynashi mumkin.

7.Kefir
Probiotiklarni o‘z ichiga oladigan kefir ichaklardagi foydali bakteriyalarning ko‘payishiga hissa qo‘shib, bu bilan miya faoliyati yaxshilanishiga ham ta’sir qiladi.

Manba (https://daryo.uz/2021/02/14/miya-faoliyatini-yaxshilaydigan-7-ichimlik/) #maqola

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x