MIXALKOV Sergey Vladimirovich

MIXALKOV Sergey Vladimirovich [1913.27.2 (12.3), Moskva] – rus yozuvchisi, jamoat arbobi. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967), Mehnat Qahramoni «(1973). Mixalkov Gorkiy nomidagi Adabiyot in-tida oʻqigan (1935 — 37). RSFSR Yozuvchilar uyushmasi boshq-aruvi raisi (1970—90). Mixalkovning «Bolalar uchun sheʼrlar» kitobi (1936) yoshlarni mehnatga muxabbat ruxdsa tarbiyalaydi. 2-jahon urutii yillarida bir qancha ocherk, hikoya, hajviy sheʼr va felyetonlar yaratgan. «Xushchaqchaq quyon» (1963), «Suzmoq istayman» (1965) toʻplamlari nashr etilgan. U «Tom Kenti» (1938), «Maxsus vazifa» (1945), «Maktanchoq quyoncha» (1951), «Oʻziga yod-gorlik» (1953), «Koʻpik» (1975), «Aks sado» (1980), «Puerto Muertodagi qoʻrqinchli tun» (1982) singari dramalar muallifi. Urushdan keyingi davrda yozgan «Tom togʻa va qizcha», «Billur vaza», «Oʻttiz olti va besh», «Sashaning kashasi», «Styopa amaki» va b. asarlarida bolalar hayoti, ularning oʻziga xos xarakteri ifodalangan. SSSR gimni matnini yozgan ( G. ElRegistan bilan hamkorlikda). Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

As.: Uyimga ketaman, T., 1951.

LL:Aleksandrov V. P ., Sergey Mixalqov, Mixalkov, 1983.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x