MISKIN QILICH

MISKIN QILICH (taxallusi; asli ismi Mulla Qilich; taxm. 1847, Xiva — 1906, Goʻron) — turkman xalq shoiri, bastakor va sozanda. Buxoro madrasasida tahsil olgan. Shoirning qoʻshiqlari xalq oʻrtasida shuhrat topgan. Uning qoʻlyozmalari saqlanmagan, 100 ga yaqin ishqiy, axloqiy, ijtimoiy mavzulardagi qoʻshiklari, «Botir Na-pis», «Bekzoda Qurbon», «Tovqi» dostonlari shogirdlari va xalq qoʻshiqchilaridan yozib olingan. «Topmadim», «Nishon», «Oppoqqina», «Gʻamzang oʻqi», «Dogʻlar», «Yangligʻ» singari sheʼrlarida xalqning ogʻir ahvoli tasvirlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x