MIS OKSIDLARI

MIS OKSIDLARI, Mis (1) -ok s i d, Si2O — qizgʻishjigarrang kristallar. Suyuklanish t-rasi 1242°, zichligi 6,1 g/ sm3. Suvda erimaydi, ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi. Vodorod, is gazi va faol metallar (Mg, A1, Zn) taʼsirida metall holatgacha qaytariladi. Qizdirilganda oksidlanib CuO ga aylanadi. Tabiatda kuprit minerali koʻrinishida uchraydi. NaCl eritmasini mis elektrodlarni qoʻllab elektroliz qilish, lab. da SiO ni 1100° gacha qizdirish yoʻli bilan olinadi. Shisha, keramika, sirlar uchun pigment, boʻyoklar komponenti va fungitsid sifatida ishlatiladi.

Mis (P)-oksid, SiO — kora rangli kristallar. Suyuklanish t-rasi 1447° (O2bosimi ostida), zichligi 6,51 g/sm3. Suvda erimaydi. 1100° gacha qizdirilsa Si2O va O2 ga parchalanadi. Faol metallar, vodorod, uglerod, is gazi, ammiak va alkanlar SiO ni Si gacha kaytaradi. Kislotalar taʼsirida Si (II) tuzlari ammiakning suvdagi eritmalari bilan ammiakat [Cu(NH3)4]4 (ON)2, ishqorlar b-n kupratlar MeCuO2 (Me — ishqoriy metall) hosil qiladi. CuSO4ra NaOH yoki KON taʼsir ettirib, lab. da Si ni 400—500° gacha qizdirib olinadi. Oksid katalizatorlar olishda, shisha, keramika, emallar uchun pigment, galvanotexnikada elektrodlar tayyorlashda qoʻllanadi. Toʻq qizil rangli mis seskvi-oksid Si2O3 mavjudligi haqida ham maʼlumotlar bor. U K2S2O2 ga (SiON)2 taʼsir ettirilganda hosil boʻladi; 400° da CuO va O2 ga parchalanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x