MIRZAYEV Alisher Toʻlaganovich

MIRZAYEV Alisher Toʻlaganovich (1948.21.3, Toshkent) — rangtasvir va grafika ustasi, Oʻzbekiston BA akad. (1997). Oʻzbekiston xalqrassomi (1992). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1964—68) va V. Surikov nomidagi Moskva rassomlik sanʼati in-ti (1968-74)da taʼlim olgan. Toshkent politexnika in-ti (1974-78) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-ti (19781997)da pedagog. 1997-y. dan Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn in-tida pedagog, prof. (2000). Mirzayev asarlari oʻzining milliyligi, ranglar uygʻunligi bilan ajralib turadi; dastlabki asarlaridayoq anʼanaviy mavzularga oʻziga xos yechim va talqin baxsh etdi: «Sozandalar» (1968), «Rassom K. Nosirov» (1975), «Yosh oila haqida qoʻshiq» (1976), «Uchrashuv» (1982) va b. «Soʻqoq mozaikasi», «Rassom va tabiat», «Parkent ayollari» (1980-y. lar) kabi manzaralar, «Avtoportretli natyurmort» (1982), «Surxondaryo natyurmorta» (1982) va b. natyurmortlar turkum asarlarida manzara, urf-odatlar mujassamlashgan, tabiat va inson birligi tarannum etilgan.

1990-y. larda A. Qodiriy asarlariga, jumladan, «Oʻtgan kunlar» asariga qalamtasvirda «Kumush va Zaynab», «Xayol», «Haydalish kuyi», «Fuzuliyni oʻqib», «Hayotim lolazoridan ayurding» va b. asarlar yaratib milliy grafika rivojiga katta hissa qoʻshdi. 1972-y. dan respublika va xorijiy koʻrgazmalarda asarlari bilan qatnashadi. Mirzayev asarlarvdan bir qismi respublika va chet mamlakatlar muzeylari, shaxsiy toʻplamlarda saqlanadi. Mirzayev haqida «Palitra» (1983) va «Alisher Mirzo» (2000) nomli filmlar ishlangan. Ab-dulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1994). «El-yurt xurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Alisher Mirzayev. «Uchrashuv» (1982).

Ad.: Umarov A., Alisher Mirzayev, T., 1993; Egamberdiyev A., Alisher Mirzo, T., 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x