MIRGʻIYOSOV

MIRGʻIYOSOV Turdi (1896, Toshkent — 1951) — oʻzbek arxeolog va etnograflaridan. 1913-y. da diniy maktabni tugatib, oʻqituvchilik qilgan. 1921—25 y. larda xalq maorifi boʻlimida instruktor va Toʻqmoqdagi oʻzbek maktablarida oʻqituvchilik qilgan.1926-y. dan umrining oxirigacha Urta Osiyo tarix muzeyida katta ilmiy xodim. 1927—29 y. larda dunganlar orasida etnografik materiallar yiqqan, Qashqadaryodagi yarim koʻchmanchi aholi turmushini oʻrgangan, arxeologik ekspeditsiyalarda ishtirok etgan (Qizilqumdagi tosh asri yodgorliklari, Toʻytepadagi qabrlar, qad. Termiz va b. ni oʻrgangan). 1930—34 y. larda Leypsigdagi xalqaro koʻrgazma uchun Urta Osiyoga oid materiallar toʻplagan. Qirgʻizistondagi qad. kumush konlarini oʻrgangan. 1942-y. da Urta Osiyo xalqlarining turmushi va madaniyatiga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil etgan. Mirgʻiyosov toʻplagan qimmatli materiallar Oybek nomidagi Uzbekiton xalqlari tarixi muzeyida saqlanmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x