MIRAZIZOV Qoʻchqor Joʻrayevich

MIRAZIZOV Qoʻchqor Joʻrayevich (1925.12.5, Toshkent) — quloq, burun va tomoq kasalliklari boʻyicha olim (otorinolaringolog). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), tibbiyot fanlari d-ri (1966), prof. (1968). ToshTI ni tugatgach (1949), quloq, burun va tomoq kasalliklari klinikasida ordinator (1949—52), assistent (1952—65), dotsent (1966—68), kafedra mudiri (1968—97). 1998-y. dan kafedra prof. Mirazizov tashabbusi bilan 1985-y. da kafedrada quloq va yuqori nafas yoʻllari kasalliklarini jarrohlik usulida bartaraf etish markazi tashkil etilgan. OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh otorinolaringologi (1967—77). Asosiy ilmiy ishlari quloq, burun va tomoq kasalliklari diagnostikasi, konservativ va xirurgik davolashga oid. Oʻzbekiston otorinolaringologiya maktabini yaratgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2001).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x