MINSK VILOYATI

MINSK VILOYATIBelorussiya ning markaziy qismidagi viloyat. 1938-y. 15 yanv. da tuzilgan. Mayd. 40,8 ming km2. Aholisi 3301 ming kishi (1998). AsoSan beloruslar, shuningdek, rus, polyak, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Yer yuzasi sertepa, morenali qirlar, tekislik va pasttekislikdan iborat. Foydali kazilmalardan: kaliy va tosh tuzlari, torf, boʻr, mergel, qum, shagʻal, gil bor. Iklimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —6°, —7°, iyulniki 17—18°. Yillik yogʻin 500—700 mm. Vegetatsiya davri 185—195 kun. Yirik daryolari: Berezina (Dnepr irmogʻi), Ptich va Sluch (Pripyat irmoklari). Neman daryosi Minsk viloyati hududidan boshlanadi. Koʻl koʻp. Tuprogʻi chimlipodzol, torfli-botqoq va allyuvial tuproqlar. Hududining 36,8% oʻrmon, 14% botqoklik, 15% yaylov va oʻtloqlar. Boʻri, tulki, los, yelik, boʻrsiq, norka, quyon, tiy-in, qobon, suvsar, oq sichqon, yenotsimon it, qushlardan qur, chil, oʻrdak yashaydi. Baliq turi koʻp. Viloyat shimsharqida Berezina qoʻriqxonasining bir qismi joylashgan. Viloyat energetikasi mahalliy (torf) va chetdan keltirilgan yoqilgʻi (kumir, neft mahsulotlari, tabiiy gaz) asosida ishlaydi. Torf zaxirasi va torf qazib olish boʻyicha Minsk viloyati Belorussiyada 1-oʻrinda turadi. Viloyat sanoat mahsulotining 21% ni mashinasozlik va metallsozlik (transport, stanoksozlik, har xil sanoat tarmoqlari uchun asbob-uskunalar i. ch.) beradi. Avtomobil z-di, avtotraktor elektr asbob-uskunalari, avtogidrokuchaytirgich z-dlari, stanoksozlik, avtomobil sanoati uchun yarimoʻtkazgich ventillar, metall konstruksiyalar z-dlari va b. korxonalar bor. Starobin kaliy tuzlari asosida kimyo sanoati rivojlangan, qurilish materiallari (temir-beton buyumlar, qurilish detallari, keramika va drenaj quvurlar) ishlab chiqariladi. Faner-gugurt, yogʻochsozlik k-tlari, pianino, mebel f-kalari, yogʻoch z-di ishlab turibdi. Tikuvchilik f-kasi, zigir tola z-di, oynashisha, kun-poyabzal, trikotaj kabi yengil sanoat korxonalari, musiqa asboblari f-kasi bor. Oziqovqat sanoati rivojlangan. Q. x. sut-goʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik va kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan. Gʻalla va dukkaklilar, texnika ekinlari, sabzavot, yem-xashak ekinlari ekiladi. Bogʻ va mevazorlar bor. T. y. transporti asosiy oʻrinda. Berezinada kema qatnaydi. Aeroport bor. Koʻpchilik shahar va tuman markazlari avialiniyalar orqali Minsk bilan bogʻlangan. Minskda 1984-y. dan metropoliten faoliyat koʻrsatmoqda. 13 oliy oʻquv yurti, 29 ilmiy tadqiqot in-ti, 7 teatr, 12 muzey, sanatoriylar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x