MIDDENDORF Aleksandr Fedorovich

MIDDENDORF Aleksandr Fedorovich (1815.6.8, Peterburg – 1894.16.1, Xellenurme, Estoniya) — rus tabiat-shunosi va sayyoh. Peterburg FA akad. (1850). Derpt (Tartu) untini tugatgan (1837). 1842-45 y. larda Shim. va Sharqiy Sibir hamda Uzoq Sharqqa sayohat qilgan. Middendorfning toʻplagan maʼlumotlari oʻsha davrda Sibirning tabiiytarixiy tavsifiga oid eng mukammal hisobot boʻlgan; ayniqsa, Sibirda abadiy muzloq yerlarning tarqalishi va oʻsimlik qoplamining zonal taqsimlanishi haqidagi xulosalari muhim xisoblangan. 1870-y. da Baraba dashtini tadqiq qilgan, 1877—78 y. larda Fargʻona vodiysini oʻrgangan. Middendorf nomiga Novaya Zemlya arxipelagidagi burun, Taymir ya. o. dagi qoʻltiq qoʻyilgan. Asosiy ilmiy ishlari: «Sibirning shimoli va sharqiga sayohat» va «Fargʻona vodiysi ocherklari» dir.

Ad.: Leonov N. I., Aleksandr Fedorovich Middendorf, Middendorf, 1967.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x