MICHURIN Ivan Vladimirovich

MICHURIN Ivan Vladimirovich [1855.15(27).10, Ryazan viloyati, Pronsk tumani —1935.7.6, Tambov viloyati Michurinsk sh. ] — rus amaliyotchi seleksioneri, Rossiyada mevali, rezavor mevali va b. oʻsimliklar ilmiy seleksiyasi asoschisi. VASXNIL akad. (1935). Maxsus maʼlumoti boʻlmagan. Dastlab t. y. xizmatchisi, soatsoz boʻlib ishlab, boʻsh vaqtlarida bogʻdorchilik bilan shugʻullangan. 1875-y. Kozlov sh. (hoz. Michurinsk)da 500m2 cha yerni ijaraga olib, oʻsimliklar kolleksiyasini toʻplash va duragaylash usuli bilan mevali, rezavor mevali oʻsimliklarning yangi navlarini yetishtirish ustida ish boshladi. 1899-y. shahar chetidan 13 ga chamasi yer olib, umrining oxirigacha shu joyda yashadi, ishladi.

1928-y. da Michurinning tajriba bogi bazasida davlat seleksiya-genetika st-yasi tashkil etildi (1934-y. dan Michurin nomidagi Markaziy genetika lab.). M. chatishtirish uchun dastlabki shakllar tanlash nazariyasini, geografik uzok, shakllarni duragaylashning nazariy asoslarini, chatishtirishdagi nomuta-nosibliklarni bartaraf etish usullarini yaratdi va baʼzi amaliy usullarni qoʻlladi. 300 dan ortiq meva va rezavor mevalar navlarini yaratish va takomillashtirishga erishdi. Michurin yaratgan olma, nok, olcha va b. mevali daraxtlarning koʻpgina navlari Oʻzbekistonda ham r-nlashtirilgan. Michurin tok, oʻrik, gilos, behi va b. janub oʻsimliklarini shim. hududlarda oʻstirish ishiga asos solgan.

As: Itogi shestidesyatiletnix rabot, Michurin, 1950; Tanlangan asarlar, T., 1961.

Ad. Azizov P. B., I. V. Michurin — buyuk rus olimi, biologi, T., 1955.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x