METRIT

METRIT (yun. metra — bachadon) — bachadon muskul qavatning yalligʻlanishi; asosan, shilliq qavatining yalligʻlanishi (metroendometrit) bilan birga kechadi. Oʻtkir va surunkali Metrit ajratiladi. Oʻtkir Metrit, odatda, abortdan ke-yin (ayniqsa, kasalxonadan tashqarida qilingan), tugʻish asorati, shuningdek, infeksion kasalliklar (tif, difteriya, vabo va b.) oqibatida kelib chiqadi. Oʻtkir Metritda gavda t-rasi koʻtariladi, qindan yiringli, baʼzan qonli yiringli ajralma keladi, qorin pastida ogʻriq boʻladi, bachadon kattalashadi va bezillab ogʻriydi. Vaqt oʻtishi bilan oʻtkir Metrit surunkali shakliga oʻtadi yoki mustaqil kasallik sifatida rivojlanadi, goho yalligʻlanish jarayoni tuxumdan, Fallopiy nayi va qorin boʻshligʻita tarqalishi mumkin.

Kasallik belgilariga qarab davo qilinadi. Antibiotiklar, sulfanilamid preparatlar, ogʻriq qoldiruvchi dorilar buyuriladi; surunkali Metritda fizioterapiya tavsiya etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x