METALLASH

METALLASH — buyum sirtida bir yoki bir necha yupqa metall qatlami (qoplami) hosil qilish. Bunday qoplamning yupqaligi — mikrometrnit bir necha ulushlaridan 40—50 mkm gacha (baʼzan, bir necha millimetrgacha) boʻladi. Metallashning galvanik, diffuzion, vakuum, kimyoviy, gaztermik, ion-plazmaviy, gazfazaviy va detonatsiya usullari mavjud. Galvanik usulda metall elektrolitik tarzda qoplana di (q. Elektroliz). Bu usulda deyarli barcha metallar (rux, kadmiy, nikel, xrom, qalayi, temir, kumush, oltin) va baʼzi qotishmalar (maye., bronza) ni istalgan elektr oʻtkazuvchan material sirtiga qoplash mumkin (q. Galvanotexnika). Diffuzion usulda diffuziya hodisasi tufayli buyum sirtida bir yoki bir necha kimyoviy element qatlami hosil qilinadi. Asosan, metall buyumlar, baʼzan metallmas (mas, grafit) buyumlar uchun qoʻllaniladi. Vakuum usul — vakuumaa buyumlar sirtida himoya qoplami hosil qilish. Buning ham metall va metallmas xili boʻladi. Asosan, katodli purkash, termik va elektron-nur bilan buglash usullari va ikkala usul birgaliqda qoʻllaniladi. Kimyoviy usulda metallar sirti shu metallarning tuzlari eritmalari bilan tiklanadi. Gaztermik usulda suyuq metall gaz oqimida metallanadigan sirtga purkaladi. Ion-plazmaviy usulda metallar past t-rali tutovchi razryad yoki yey razryad plazmasida purkaladi. Gaz-fazaviy (kimyoviytermik) usulda buyumning qizdirilgan sirtiga metall qatlami oʻtqaziladi. Detonatsiya usuli detonatsiya (portlash) tulkini energiyasidan foydalanishga asoslanadi. Metallash buyumlarning sirtlarini mustahkamlash, yeyilishga chidamliligi va korroziyabardoshligi (zanglashga chidamliligi), ni, elektr oʻtkazuvchanligini oshirish, baʼzan buyumni koʻrkamlashtirish uchun qoʻllaniladi. Elektrotexnika, radiotexnika, optika, raketa texnikasi, avtomobilsozlik, kemasozlik, samolyotsozlik va b. tarmoqlarda Metallashga ehtiyoj katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x