MELITOPOL

MELITOPOL — Ukrainaning Zaporojye viloyatidagi shahar (1841-y. dan). Molochnaya daryosi boʻyida. T. y. stansiyasi. Aholisi 178,1 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Mashinasozlik yetakchi oʻrinda. Yirik korxonalari: motor («Zaporojes» va «Volin» yengil avtomobillari uchun kuch agregatlari ishlab chiqariladi), sovitkichlar, traktor gidroagregatlari, oziq-ovqat mashinasozligi, kompressor z-dlari. Oziq-ovqat (goʻsht k-ti, sut, konserva, moy ekstraksiya z-dlari), yengil (tikuvchilik, trikotaj f-kalari) sanoatlari rivojlangan. Pedagogika va q. x. mexanizatsiyalash in-tlari, 2 texnikum, 2 oliy bilim yurti, oʻlkashunoslik muzeyi bor. M. ga 1784-y. da asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x