MELIORANSKIY Platon Mixaylovich

MELIORANSKIY Platon Mixaylovich (1868.18.11 — Sankt Peterburg — 1906.16.5) — rus sharqshunosi, turkiyshunos va moʻgʻulshunos. Sankt-Peterburg untining sharq tillari f-tida tahsil olgan (1887—91); arab, fors, moʻgʻul va turkiy tillarni yaxshi bilgan. 1894— 1906-y. larda Sankt-Peterburg untining sharq tillari f-tida privatdotsent, prof. Melioranskiyning 2 qismdan iborat «Qozoqqirgʻiz tilining qisqacha grammatikasi» (1894—97) asari bor. «Kosho-Soydamdagi qadimiy turkiy yodgorliklar» (V. V. Radlov bilan hamkorlikda, 1897) kitobini nashr etib, turkiyrunik yodgorliklarni oʻrganish ishiga asos solgan. Melioranskiyning ilmiy izlanishlari orasida rus tilidagi turkiy tillarga mansub unsurlarni qidirib topish va izohlashga bagʻishlangan tadqiqotlar alohida oʻrin egallaydi («Igor jangnomasi» tilidagi turkiy elementlar», 1902; «Igor jangnomasi» tilidagi turkiy elementlar haqida», 1905 va b.). U Muhammad Soli^ning «Shayboniynoma» dostonini, Rabgʻuziynint «Qisas ul-anbiyo» asaridan parchalarni va b. turkiy yozma yodgorliklarni nashr ettirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x