MEHTAR QOSIM KOʻPRIGI

MEHTAR QOSIM KOʻPRIGI — 16-a. ning 2-yarmiga oid gidrotexnika inshooti — gʻisht koʻprik; 19-a. oxiri — 20a. boshlarida vayron boʻlgan. Qoldiqlari Buxorodan 22 km shim. sharqda, Buxoro—Gʻijduvon—Samarqand yoʻli orqasida (Qavola va Chorbogʻ qishlokdari oraligʻida Qorakoʻldaryoning eski oʻzani tubida) saqlanib qolgan. Bunday qad. suv inshootlari manbalarda «Qantara», «Sari pul», «Puli sangin», «Tosh koʻprik», «Gʻisht koʻprik», «Taxta pul», «Pul sirot» nomlari ostida tilga olinadi. Bu tarixiy inshoot Buxoro aholisi oʻrtasida Sari puli Mehtar Qosim nomi b-n mashhur boʻlgan. Nomlanishicha, dare ustida bino qilingan bu koʻprik Buxoro amirligi zakotchisi Mehtar Qosim mablagʻiga qurilgan. 18-a. muallifi Mirza Badiʼ devonning yozishicha, bu inshoot 11 ravoqli boʻlgan. 1962-y. akad. Ya. Gʻulomov boshliq Mohondaryo arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan uning 2 ravogʻi poydevorlarining qoldiqlari Qorakoʻl daryo oʻzani tubidan topib tekshirilgan. Ravoq poydevorlari oraligʻi 6 m, ravoq poydevori har birining eni 3 m, uz. esa 8 m ga teng boʻlib, suvga chidamli qurilish qorishmasi — qir bilan toʻrtburchak shaklida pishiq gʻishtlardan ishlangan. Qurilish qorishmasi ohak, pista koʻmir va ganch aralashmasidan tayyorlangan. 26—26*27—27 — 5 sm hajmdagi pishiq gʻishtlarning mu-stahkamligi oʻrtacha 150 kg/sm2 ni tashkil etadi. Saqdanib qolgan qismlarining oʻlchamlariga qarab hisoblaganda, koʻprikning uz. 120 m, eni 6 m boʻlgan. Bu inshootdan oʻz davrida aholi va transportlar qatnovi bilan bir qatorda Zarafshon daryosi oqimini oʻlchash va uni dehqonchilik tumanlariaro taqsimlashda ham foydalanilgan. Mirza Badiʼ devonning «Majmaʼ ul-arqom» asarida koʻrsatilishicha, Zarafshon oqimining 11 ravoqqa teng suvi sugʻorish mavsumida Buxoro miroblari tomonidan Mehtar Qosim Koʻprigidan oʻtkazilib, Romitan, Jondor va Qorakoʻl tumanlariga taqsimlanib berilgan.

Ad.: Mirza Badiʻdivan, Madjmaʻ al arkam («Predpisaniya fiska») (Priyomы dokumentatsii v Buxare XVIII v.), Faksimile rukopisi [Vvedeniye, perevod, primechaniye, prilojeniye A. B. Vildanovoy], M., 1981;Muhammadjonov A., Oʻzbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997.

Abdulahad Muhammadjonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x