MEHNAT SHARTNOMASI

MEHNAT SHARTNOMASI — xodim bilan ish beruvchi oʻrtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim boʻyicha ishni ichki mehnat tartibiga boʻysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va b. normativ xujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuv. U mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishni taʼminlashda muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston Respublikasi M. sh. ning bir tarafi — yaʼni xodim sifatida ish beruvchi bilan Mehnat shartnomasi

tuzgan OʻzR fuqarosi, chet el fuqarolari va fuqaroligi yoʻq shaxslar boʻlishi mumkin. Mehnat shartnomasining ikkinchi tarafi — ish beruvchi quyidagilar boʻlishi mumkin: korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy boʻlinmalari oʻz rahbarlari timsolida; mulkdorning oʻzi ayni bir vaqtida rahbar boʻlgan xususiy korxonalar; 18 yoshga toʻlgan fuqarolar faqat shaxsiy maishiy ehtiyojlari uchun boshqa shaxslarning mehnatidan foydalanishi (mas, uy xizmatchisi, enaga, shofer, mashinkachi bilan Mehnat shartnomasi tuzish) mumkin. Mehnat shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi shartlari Mehnat shartnomasining mazmuni hisoblanadi. Mehnat shartnomasining ayrim shartlari bevosita qonun xujjatlarida nazarda tutiladi (mas, mehnat taʼtilining eng kam muddati, barcha xodimlar uchun eng koʻp ish vaqti; in-tizomiy jazo turlari va ularning qoʻllanish tartibi va b.).

Ishlab chikiladigan Mehnat shartnomasi shartlari zarur va qoʻshimcha shartlarga boʻlinadi. Zarur shartlar (mas, ish joyi, mehnat vazifasi, mehnat haqi miqdori va b.) taraflarsiz tuzilishi mumkin boʻlmagan shartlardir. Majburiy boʻlmasa ham, taraflarning xohishiga koʻra, kiritilishi mumkin boʻlgan shartlar qoʻshimcha shartlar hisoblanadi [mas, ishga qabul qilishda sinov belgilash, (kasblavozim) larni qoʻshib olib borish toʻgrisida, toʻliqsiz ish vaqtini belgilash va b. ]. M. sh. ni tuzish paytida xodimlarga qonun va b. normativ xujjatlar bilan belgilangan mehnat huquklari va kafolatlari darajasi pasaytirilishi mumkin emas. Xodim tomonidan mexnat vazifasining bajarilishi, yaʼni muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozim boʻyicha ishni bajarish; xodimning ichki mehnat tartibi qoidalariga boʻysunishi; uning mehnat qilayotgan korxona mehnat jamoasiga qoʻshilishi Mehnat shartnomasining asosiy belgilari xisoblanadi. Mehnat shartnomasi yozma shak-lda, bir xil kuchga ega boʻlgan kamida 2 nusxada tuziladi. Mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga, 5 yildan ortiq boʻlmagan muayyan muddatga va muayyan ishni bajarish vaqtiga moʻljallab tuzilishi mumkin. Agar Mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati koʻrsatilmagan boʻlsa, bunday hodda Mehnat shartnomasi nomuayyan mudsatga tuzilgan deb hisoblanadi. Nomuayyan muddatga tuzilgan Mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga moʻljallab qayta tuzilishi mumkin emas. Muddatli Mehnat shartnomasi bajarilajak ishning xususiyatlari, uni bajarish shartlari xodimning manfaatlarini hisobga olib, nomuayyan muddatga moʻljallangan Mehnat shartnomasini tuzish mumkin boʻlmagan takdirda, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda tuziladi. Mehnat shartnomasi imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Xodim oʻziga yuklatilgan mehnat vazifalari bilan tanishtirilishi lozim. Mehnat shartnomasi taraflar kelishuviga asosan dastlabki sinov belgilash sharti bilan tuzilishi mumkin. Ayrim toifa xodimlar, jumladan, homilador ayollar, 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan kvota hisobidan ishga yuborilgan shaxslar ishga kabul qilinganda, shuningdek, 6 oygacha muddatga Mehnat shartnomasi tuzilganda dastlabki sinov belgilanmaydi. Dastlabki sinov muddati 3 oydan oshib ketishi mumkin emas. Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf 2 – tarafni 3 kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, Mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.

Gulnora Sarimsoqova, Anvar Inoyatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x