MEHNAT BIRJASI

MEHNAT BIRJASI — ishsizlarni, ish joyini oʻzgartirishni istovchi shaxslarni ishga joylashtirish bilan shugʻullanadigan maxsus davlat muassasasi. Mehnat bozorining tashkil etilgan va tartiblanib turadigan shakli. Mehnat birjasi das-tlab 19-a. ning 1-yarmida Germaniya va Angliyada, keyinchalik Fransiya va b. davlatlarda paydo boʻldi. 20-a. ning boshlarida Angliyada umummilliy Mehnat birjasi tashkiloti taʼsis etildi. Mehnat birjasi boʻsh oʻrinlar va ishsizlarni hisobga olib boradi, ishsizlarga nafaqa toʻlaydi. Koʻpgina mamlakatlarda Mehnat birjasi kasbga yoʻllash, qayta ixtisoslashtirish va ishga joylashtirish boʻyicha turli xil xizmatlarni bajaradi. Ularning faoliyatlari ishsizlarni ish bilan taʼminlash, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tuzilmalaridagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadigan mehnash bozori ehtiyojini qondirishdan iborat. Mehnat birjasi bozor iqtisodiyotining muhim unsurlaridan biri. Oʻzbekistonda Mehnat birjasi lari 1993-y. dan paydo boʻldi.

Respublikaning tuman va shaharlarida 213 mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman boʻlimlari huzurida Mehnat birjasi larining keng tarmoqli tizimi tashkil etilgan. Oʻzbekistonda mehnat birjalari ishsizlarni roʻyxatga oladi, ularni kasbga yoʻllaydi, ishsizlik boʻyicha nafaqalar toʻlaydi, ish izlayotgan fuqarolarni haq toʻlanadigan vaqtincha jamoat ishlari b-n taʼminlaydi. 2000-y. da 280,6 ming fuqaro Mehnat birjasi orqali ishga joylashtirildi. Ahmadjon Oʻlmasov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x