MEʼYOR

MEʼYOR (falsafada) — obyektning sifati bilan miqdorm oʻrtasidagi dialektik birlikni ifodalovchi tushuncha. Har qanday obyektning sifati muayyan miqdor (muayyan sistemaning xususiyatlari, tomonlari, belgilari, komponentlari, soni va h. k.) bilan uzviy bogʻliq. Meʼyor doirasida mikdor xususiyatlari elementlar soni, oʻlchami, bogʻlanish tartibi, harakat tezligi va sh. k. ning oʻzgarishi hisobiga boshqa shaklni olishi mumkin. Meʼyor obyektning miqdor oʻzgarishi, oʻz navbatida, sifat oʻzgarishiga olib keladigan (va aksincha) chegarani bildiradi. Meʼyor tushunchasi muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega: faoliyatning har qanday shaklida Meʼyor boʻlishi muvaffaqiyat garovidir. Predmetni uning sifat va mikdor xususiyatini anikdamasdan turib bilish mumkin emas.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x