MAZHAB

MAZHAB (arab. — yoʻnalish, oqim, yoʻl, taʼlimot) , shariat mazhablari — islomda liniy huquq tizimlari va yoʻnalishlari. 8—9-a. larga kelib shariatning shakllanishi jarayonida ququqshunoslik — fiqx. sohasida juda koʻp Mazhablar yuzaga kelgan. Hoz. vaqtda sunniy toʻrtta Mazhab — hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliilik (M. lar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi Aʼzam), Molik ibn Anas, Shofiʼiy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir Mazhab — jafariylik (asoschisi — Jafar as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat Mazhab lari liniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi toʻrttala Mazhab ham teng hisoblanadi, yirik musulmon un-tlarida toʻrt mazqab boʻyicha aloqida dars oʻqitiladi. Mazhablar umuman anʼanaviy liniy huquq doirasidan chiqmagani xrlda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va b. mamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofiʼiylik (Misr, Indoneziya va b. mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) M. lari, shuningdek, shialik tarkalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va b. mamlakatlar)ning ququqiy qayotida jaʼfariylik M. i oʻz mavqeini maʼlum darajada saqlab kelmoqda. Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xanafiylik Mazhabi keng yoyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x