Mavzelar


Post Views:
28

MAVZE – odatda toshkentliklarning shahar devoridan tashqarida dehqonchilik qilgan yerlari. Toshkent aholisining anchagina qismi qishda biron-bir kasb bilan shug‘ullanib, erta bahorda ko‘ch-ko‘roni bilan Mavzelardagi qo‘rg‘onlari (bog‘ uylari)ga ko‘chib chiqishgan. Kech kuzda, hosil yig‘ilgandan keyin shahardagi xonadonlariga qaytishgan. Deyarli har mahalla o‘z Mavzesiga ega bo‘lgan. Odatda, qo‘shni mahallalarning Mavzelari ham yonma-yon bo‘lgan va hatto mahalladagi xonadonlarning joylashuv tartibi Mavzedagi bog‘larning joylashuvida ham saqlangan. Ayrim hollarda mahalla o‘z Mavzesi bilan bir nomda bo‘lgan. Masalan: Eshonguzar va Zangiota mahallalarining Mavzelari shu nomlar bilan atalgan. Toshkentga tegishli Mavze va qishloqlar katta maydonni egallagan: shimoli-sharqda Niyozbek qal’asidan (hozirgi Chirchiq shahri o‘rnida) janubi-g‘arbda Qovunchi (hozirgi Yangiyo‘l shahri)gacha davom etgan.

Toshkentning dahalarga bo‘linishi shahar devorining ichkarisidagi joylargagina emas, tashqarisidagi joylarga, ya’ni Mavzega ham tegishlidir.

Oktyabr to‘ntarishidan avval va sho‘ro davrining dastlabki yillarida Mavzelar soni 160 dan ortiq bo‘lgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/mavzelar-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x