MAVLONOZODA

MAVLONOZODA (14 a.) – 1365-66 y. larda Samarqandda koʻtarilgan sarbadorlar qoʻzgʻoloni rahbari. Moʻgʻuliston xoni Ilyosxoʻja Movarounnahrga hujumi paytida Samarqand mudofaasiga boshchilik qilgan. Moʻgʻullar Samarqandni egallash uchun otlanganlarida shahar hrkimi qochib ketgan. Shunda Mavlonozoda jome masjidi oldida toʻplangan 10 ming kishilik shahar aholisi oʻrtasida qizgʻin nutq soʻzlab xalqni kurashga chorlagan va Samarqandni mudofaa etishga rahbarlik qilishni oʻz zimmasiga olgan. Hofizi Abrunnng «Zubdat ut-tavorix» asarida yozilishicha, Mavlonozoda Buxoro ulugʻzodalaridan, donishmand kishi boʻlib, u kamondan yaxshi oʻq otar, oʻta jurʼatli va dovyurakligi bilan mashhur edi. Abu Bakr Kuluiy (Kalaviy) Naddof bilan birgalikda shahar mudofaasiga tayyorlangan, xususan, shahardagi barcha darvozalarni berkitgan. Koʻchalar, bogʻlar atrofiga gʻovlar qurdirgan. Faqat bir koʻchani ochiq qoldirib, shu yerda Mavlonozodaning oʻzi 500 kishisi bilan pistirmada oʻtirgan. Dushmanning qorovul qismlari hech qanday xavotirsiz shaharga kirib kelganda, Mavlonozodaning ishorasi b-n doʻmbiralar chalingan. Dushmanga har tomondan oʻq-yoylar, toshlar yogʻdirilgan, ularni tayoqlar bilan savalaganlar. Natijada moʻgʻullarning 1000 askari majruh boʻlgan, 100 tasi esa qoʻlga olingan. Ertasi kuni ham moʻgʻullar butun kuchlarini ishga solib hamla qilsalar, turli harbiy hiylalar qoʻllasalar ham shaharni ololmaganlar. Keyinchalik ularning otlariga oʻlat tegib, qirila boshlagach, moʻgʻullar Movarounnahrni tark etishga majbur boʻldi. Shahardagi hokimiyatni qoʻlga kiritgan sarbadorlar aholiga zulm qila boshladi.

Hofizi Abruning yozishicha, bundan xabar topgan Amir Husayn Balx, Badaxshon, Qunduz, Bagʻlon, Andxud va Shibirgʻon lashkarini toʻplab, Samarqand tomon yuzlangan. U sarbadorlarga maktub yoʻllab, unda ularga ishonishini, hatto oʻz amirlaridan ham yaqin tutishini yozgan va Samarqand yaqinidagi Konigil mavzesiga yetgunicha uning huzuriga kelmaslikni iltimos qilgan. Sarbadorlar uning takallufini chin bilib, fursatni qoʻldan boy berganlar. Amir Husayn Konigilga yetib kelgach, unga izzat-ikrom bildirish, tortiqlar taqdim etish uchun istiqboliga chiqqanlar va xizmatiga shay boʻlib turganlar. Amir Xusayn 1kuni sarbadorlarga iltifotlar koʻrsatgan. Bundan sarbadorlar yanada ruhlanib, koʻngillaridan xavf-xatar gʻubori koʻtarilib, ertasi kuni koʻproq sovgʻalar va kamyob mollar bilan uning huzuriga yoʻl olganlar. Karbosga yetganlarida Amir Husaynning buyrugʻiga koʻra, ularning hammasi qoʻlga olinib qatl etilgan. Faqat Mavlonozodani Amir Temur iltimos qilib, dor tagidan qutqarib qolgan. Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Amir Temur M. uchun shafoat tilab uni xalos etgan. Bunga Amir Temurning ilgari ham sarbadorlarning ayrim rahbarlari bilan aloqada boʻlganligi taxmin qilinadi.

Ad.: Abdurazzoq Samarqandiy, Matlai saʼdayn va majmai bahrayn. T., 1969; Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996.

Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии

0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x