MATBUOT

MATBUOT — barcha bosma mahsulotlar majmui; tor maʼnoda davriy nashrlar, asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi(sinonimi — pressa). Matbuot ijtimoiy ongning oʻtkir va taʼsirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli gʻoyaviy omil hisoblanadi. Matbuot jamiyat hayotini turli (ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy-i. ch., ilmiytexnikaviy va b.) yoʻnalishlarda yoritadi.

Matbuot 15-a. ning oʻrtalarida Yevropada tarkib topgan, qariyb 5 a. mobaynida (ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari — radioeshittirish va televideniye paydo boʻlguniga qadar) kishilararo ommaviy muloqotning, bilim va gʻoyalar tarqatishning asosiy vositasi sanalgan. Dastlabki bosma nashrlar kitob, risola va varaqalardan iborat boʻlgan, 17-a. ning boshlarida gaz. lar, keyinroq esa jur. lar tashkil topdi; 19-a. ning oʻrtalarida matbuot agentliklari vujudga kela boshladi (q. Informatsiyey agentlik). 20-a. da ommaviy axborotning radioeshittirish va televideniye singari turlarining paydo boʻlishi va taraqqiy qilishiga qaramay, Matbuot hamon kishilik jamiyatidagi oʻz oʻrni va mavqeini to-bora kengaytirib borayapti, ijtimoiysiyosiy hayot va faoliyatning hamma tomonlariga doimiy va samarali taʼsir koʻrsatayapti. Butun dunyoda Matbuotning muttasil keng tarqalib borayotgani buning isbotidir.

Tarixiy rivojlanish jarayonida Matbuotning xususiy shaxslar, ijtimoiy guruhlar (siyosiy oqimlar, partiyalar, kasaba uyushmalari, madaniy-maʼmuriy tashkilotlar va b.), hissadorlik jamiyatlari, hukumat muassasalari va b. tomonidan taʼsis etilgan va ularning maqsadlariga xizmat qilgan qator turlari vujudga keddi. Matbuot qaror topgan dastlabki paytlarda Yevropada cherkov diniy mafkurani targʻib qilishda bosma kitoblardan, varaqalardan keng foydalandi. Jamiyat maʼnaviy hayotiga cherkov taʼsirining tobora cheklanishi zaminida dunyoviy Matbuot tarkib topdi va keng rivojlana boshladi. Ilgʻor ijtimoiy tuzum, demokratik tartiblar oʻrnatish uchun kurashda taraqqiy-parvar Matbuotning xizmati katta boʻldi.

Uzbekistonda Matbuot 19-a. ning 2-yarmida tarkib topdi. Toshkentda 1870-y. da oʻlkadagi mustamlakachi hukmronlar tashkil etgan «Turkestanskiye vedomosti» va «Turkiston viloyatining gazeti» Markaziy Osiyodagi Matbuotning ilk namunalari hisoblanadi. Turkistonda dastlabki taraqqiyparvar milliy gaz. lar 1905—07 y. lardan faoliyat koʻrsata boshladi («Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat» va b.). Ularning yoʻlini 20-a. ning 2-oʻn yilligida chop etilgan «Sadoi Turkiston», «Sadoi Fargʻona», «Najot» gaz. lari, «Oyina» jur. davom ettirdi. Milliy nashrlar Turkistonni savodli, maʼrifatli, taraqqiyotga erishgan, obod, mustaqil diyorga aylantirish gʻoyalarini targʻib qildilar.

1917-y. dan soʻng, sobiq SSSR tarkibidagi barcha ittifoqdosh respublikalarda boʻlganidek, Oʻzbekistonda ham yangi siyosiy yoʻnalishdagi partiyasovet matbuotining koʻp tarmoqli tizimi qaror topdi. Umumdemokratik qoidalarga zid ravishda Matbuotning shakllanishi va rivojlanish jarayoni yakkapartiyaviylik — kommunistik partiyaning mutlaq yakkahokimligi sharoitida kechdi. Gaz., jur. lar, kitoblar qiyofasi, yoʻnalishi shu hukmron partiya rahbariyati koʻrsatmalari asosida belgilandi.

Istiqlol tufayli Oʻzbekiston M. i taraqqiyotida ham sifat jihatidan butunlay yangi — demokratik rivojlanish bosqichi boshlandi. Endilikda tashkilotlar, partiyalar, uyushmalar, ayrim jamoalar, fuqarolar ham Matbuot nashrlarini taʼsis etish huquqiga ega boʻldilar. Mamlakatda matbuot erkinligitl taʼminlashga imkoniyat yaratila borildi. Ommaviy axborot vositalarining normal faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoit yaratish, ularni nashr etish va tarqatish bilan bogʻliq moliyaviy va texnik masalalarni yechishda, ijodkorlarning demokratik jarayonda faol ishtirok etishi uchun amaliy yordam koʻrsatish maqsadida OʻzR ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiysiyosiy jamgʻarmasi tashkil qilindi (1996-y. 30 avg.). Bu jamgʻarma ommaviy axborot vositalari vakillarining mustaqil, oʻzoʻzini boshqaruvchi, hukumatga qarashli boʻlmagan tashkiloti hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining «Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida» (1996-y. 30 avg.), «Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida» (1997-y. 26 dek.), «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida» (1997-y. 24 apr.), «Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida» (1997-y. 24 apr.) qonunlari qabul qilinishi Oʻzbekiston Matbuoti taraqqiyotida muhim rol oʻynadi.

Oʻzbekiston Matbuoti ishiga umumiy rahbarlik qilib kelgan OʻzR Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida» farmoni (2002-y. 3 iyul) ga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi etib qayta tashkil etildi. Shunga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, viloyat hokimliklari xuzurida matbuot va axborot hududiy boshqarmalari tuzildi. Mazkur islohot mamlakat ijtimoiy hayotini demokratlashtirish va erkinlashtirish sharoitida respublika aholisining axborotga boʻlgan talab-ehtiyojlarini yanada toʻliqroq qondirish, ommaviy axborot vositalari, noshirlik ishlari va matbaachilikni keng koʻlamda rivojlantirishga koʻmaklashish, axborot xizmatlarining zamonaviy bozorini shakllantirish yoʻlida oddinga tashlangan katta qadam boʻldi.

Oʻzbekiston Matbuot mahsulotlari (bosma nashrlar) davriy va davriy boʻlmagan nashrlarga boʻlinadi. Davriy nashrlar ga gaz., jur., jurnal tipidagi nashrlar (byulletenlar, ilmiy axborotlar va b.); davriy boʻlmagan nashrlarga kitob, risola, bosma fafik mahsulotlar va sh. k. kiradi. Bular ham, oʻz navbatida, bir qancha turlarga — umumsiyosiy va ixtisoslashgan; muassisligiga koʻra — hukumat idoralari, xalq harakatlari, partiyalar, uyushmalar, jam-gʻarmalar. tijorat, diniy tashkilotlar va b. ning gazetalari; hududiy yunalishga qarab — markaziy (mamlakat miqyosida), viloyat, shahar, tuman, quyi Matbuot organlari (q. Kup tirajli gazeta) boʻladi. Bozor iktisodiyoti sharoitida reklamatijorat, xususiy gaz. lar yuzaga keldi (yana q. Gazeta).

Jur. lar mohiyatiga koʻra — ijtimoiysiyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy, adabiybadiiy, tabiiy-ilmiy, q. x. ga oid va sh. k. ; yunalishiga qarab — bolalar, yoshlar, xotinqizlar va b. nashrlarga boʻlinadi. Muassisligiga koʻra — hukumat idoralari, nodavlat tashkilotlar, xususiy jur. lar ham chiqmoqda (yana. q. Jurnal).

Kitob mahsulotlari maqsadiga qarab — ommaviysiyosiy adabiyot, badiiy adabiyot, ilmiy adabiyot, ilmiy-ommaviy adabiyot, darslik, maʼlumotnoma adabiyoti va sh. k. ga boʻlinadi (yana q. Kitob). Mamlakatda bozor iktisodiyoti talablaridan kelib chiqib, keng ommaga zarur boʻlgan, xaridorgir kitoblar nashr etadigan nashriyotlar tizimi yuzaga keldi (yana q. Noshirlik).

«Taraqqiy» gaz. ning 1soni chiqqan 27 iyun (1906) sanasi Oʻzbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanib keladi (1993-y. dan).

Oʻzbekiston Matbuot iga doyr masalalar asosan «Oʻzbekiston matbuoti» jur. ida yoritiladi.

Ad.: Pidayev T., Matbuot — millat chirogʻi, T., 1999; Abduazizova N., Turkiston matbuoti tarixi (1870 — 1917), T., 2000.

Tohir Pidayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x