MASSACHUSETS

MASSACHUSETS — AQSHning shim.sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Mayd. 21,4 ming km2. Aholisi 6,42 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Boston sh. Shtatning sharqiy qismi Atlantika boʻyi pasttekisligidan iborat, markazini Konnektikut daryosi vodiylari bilan parchalangan yassitogʻlik, gʻarbiy qismini Appalachi togʻlari egallagan. Aralash oʻrmonlar (ayniqsa, togʻlarda) keng tarqalgan. Massachusets aholi eng zich joylashgan va iqtisodiy yuksalgan shtatlardan. Asosiy sanoat tarmogʻi — mashinasozlik, jumladan, elektrotexnika, radioelektronika, stanoksozlik, vagonsozlik, toʻqimachilik va poyabzal sa-noatlari uchun mashinalar i. ch. Shunin-gdek, toʻqimachilik va koʻnpoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Kimyo, rezina, qogʻoz, poligrafiya, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Asosiy sanoat markazi va dengiz porti — Boston sh. Q. x. shaharlarni oziq-ovqat b-n taʼminlashga: sut chorvachiligi va parrandachilikka, sabzavot va polizchilikka ixtisoslashgan. Baliq ovlanadi. Massachusetsda Garvard va Klark un-tlari, texnologiya in-ti bor. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x