MASHINA ZALI

MASHINA ZALI (elektr stansiyada) — st-ya binosining elektr energiya ishlab chiqaradigan agregatlar (elektr generatorlar, turbinalar va dizellar hamda yordamchi jihozlar) joylashtiriladigan qismi. Issiklik elektr st-yalari, atom elektr st-yalari, gidroelektr st-yalari (GES), gaz-turbinali, dizel va geotermal elektr st-yalarida, ularga oʻrnatilgan jihozlarning turlari va joylashtirilishi boʻyicha Mashina zali bir-biridan farq qiladi. Turbina agregatlarining joylashishi boʻyicha Mashina zali koʻndalang va boʻylama xillarga boʻlinadi. Mashina zalida turbina va generatorlar temir-beton yoki metall poydevorlarga oʻrnatiladi. Poydevorning balandligi oʻrnatiladigan jihozlarning quvvati va tuzilishiga bogʻliq boʻladi. Poydevorning yuqori qismida turbina agregatlari, pastki qismida kondensatorlar joylashadi. Issiklik elektr styalarining Mashina zalida turbina agregatlari, but turbinalari, kondensatorlar, regeneratsiyalash tizimi, nasoslar, elektr styaning oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallangan jihozlar joylashadi. AES dagi Mashina zalida oraliq separatorlar va bugʻni oʻta qizdirgichlar ham boʻladi. Gaz turbinali va dizel elektr st-yalarida Mashina zali bosh korpusning asosiy qismi hisoblanib, unda barcha ish jihozlari: gaz turbinalari, dizellar, generatorlar, kompressorlar, yurgizib yuborish dvigatellari, yonish kameralari joylashadi. Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr st-ya (GAES)ning ikki mashinali sxemada ishlaydigan Mashina zalida — oʻzgartiruvchi gidroagregatlar, uch mashinali sxemada ishlaydiganida turbina, generator, nasos oʻrnatiladi. GES lardagi Mashina zalida gidroagregatlar, aylanish tezligini rostlagich, moy bosimli qurilmalar, gidroagregatlarni avtomatik boshkarish va rostlash shchitlari joylashadi. Mashina zalining eni va uzunligi, agregatlarning soni, oʻlchamlari, agregatlar orasidagi masofaga qarab aniqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x