MASERU

MASERULesoto poytaxti (1966). Dengiz sathidan 1500 m balandlikda, mamlakatning gʻarbiy chegarasi yaqinida, Kaledon daryosi (Oranj irmogʻi)ning chap sohilida joylashgan. Aholisi 63 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Savdo-transport markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qayta ishlovchi sanoat korxonalari, remont ustaxonalari, mebel, tikuvchilik, kurilish materiallari i. ch. korxonalari va b. mavjud. Aholisining koʻpchiligi q. x. da, bir qismi JARning oltin konlarida ishlaydi. Q. x. kolleji, shahar yaqinida milliy un-t, kutubxona, telemarkaz bor. Shaharga 1869-y. da asos solingan, 1966-y. gacha mustamlaka markazi, keyinroq mustaqil davlat poytaxti boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x