MARSH

MARSH (musiqada) — tantanali yurish, qoʻshinlarning saf tortib yurishi kabi jarayonlarda ijro etishga moʻljallangan musiqa janri. Shaxdam usuli, qadam tashlash surʼati, asosan, 2/4, 4/4, 3/4 oʻlchovi bilan belgilanadi. Harbiy yoki ommaviy yurishda odamlarning baravar qadam tashlashiga joʻr boʻlib, ularga tantanavor kayfiyat bagʻishlaydi. Yuz yillik urush davrida Fransiya va Angliyada, 15-a. da Germaniyada motam Marsh hamda tantanavor Marsh shakllarida paydo boʻlgan. Marsh asarlarining mazmuni va xususiyatlari muayyan davrning tarixiy sharoitiga, milliy musiqa anʼanalariga qarab farqlanadi. Marsh janri rivojining ilk davrlaridanoq xususiy chegaradan chiqib, ommabop konsert musiqasi, keyinchalik professional musiqa janrlari (opera, balet, simfoniya va b.) tarkibidan oʻrin olgan. Natijada, yurish Marshi qatorida konsert Marshi, qoʻshiq — M. va b. vujudga kelgan. Hozirda Marsh harbiy muyeщa janri sifatida puflama sozlar orkestrlar repertuaridan katta oʻrin olgan. Oʻzbek xalqi musiqa merosida «Buxorocha Marsh», «Qoʻqon M. i», «Askarlar Marsh i», «Sarbozcha» kabi harbiy Marshlar tarqalgan. Marsh uslubida Hamza, T. Jalilov, Yu. Rajabiy, Matyusuf Xarratov, F. Sodiqov, I. Ikromov va b. bastakorlar ommaviy Marshlar yaratgan. Kompozitorlardan T. Sodiqov, S. Yuda-kov, M. Burhonov, M. Ashrafiy, M. Leviyev, D. Zokirov, F. Qodirov, P. Xoliqov, P. Makarov, Habibulla Raximov va b. ijodida Marshning turli namunalari mavjud.

Olga Nikolskaya.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x