MAROKANDA

MAROKANDA — Samarqandnnng yunoncha nomi (mil. av. 4-a. — mil. 4-alar). Aslida Samarqandning qad. nomi Sugʻd yozma manbalarida Smarakansa (Smarakansa) boʻlib, uni yunon tarixchilari Marokanda deb yunonchaga agʻdarib olganlar. Samarqandning Marokanda nomi 17-a. dan soʻng Yevropa tarixchilarining asarlari orqali kirib kelgan. Arxeologik tadqiqot natijalariga koʻra, dastlab, mil. av. 8—7-a. larda Marokanda atrofi mudofaa devorlari bilan oʻralgan qalʼa-qoʻrgʻon boʻlgan. Mil. av. 7-a. dan shahar devori devgʻishtlardan qayta tiklangan. Uning shim. qismida hukmdor qarorgohi — Arki aʼlo joylashgan. Yunon mualliflari Arri-an, Strabon va Kursiy Kvint Ruflarning maʼlumotlariga koʻra, mil. av. 329-y. da Aleksandr qoʻshinlari Hindukushdan oshib oʻtib uni zabt etib, vayron qilgan. Oʻsha kezlarda shahar maydonining aylanasi 12 km boʻlgan. Aleksandr qoʻshinlariga qattiq qarshilik koʻrsatgan sugʻd qahramoni Spita-men otryadining toʻsatdan paydo boʻlishidan choʻchigan yunonlar shaharda oʻz harbiy garnizonini saklash maqsadida shahar qalʼa devorini qayta tiklatgan. Strabonning maʼlumotlariga koʻra, Spitamen boshchiligidagi qoʻzgʻolon bostirilgach, Aleksandr yana M. ni vayron qilishni buyurgan. Keyinchalik shahar atrofidagi mudofaa devori mahalliy hokimlar tomonidan antik davrga xos anʼana asosida qayta tiklangan. Marokanda mil. av. 8-a. dan to mil. 9-a. gacha sugʻdiycha Smarakansa, soʻng forsiycha Samarqand, 9-a. dan turkiycha Semiz-kent nomi bilan manbalarda uchraydi. Keyinroq Samarqand nomi shaharning mutlaq nomiga aylandi. Uning Afrosiyob nomi esa shaharning qad. Qalʼai Hisor — Koʻhna qalʼa qismiga nisbatan 17-a. dan boshlab mahalliy aholi tomonidan ishlatila boshlangan.

Ad.: Arrian, Poxod Aleksandra, Marokanda, 1962; Kvint Kursiy Ruf, Istoriya Aleksandra Makedonskogo, Marokanda, 1963; Strabon , Geografiya v 17 ti knigax, perevod s grecheskogo Lыkoshina, Marokanda, 1964; «Afrasiab», sbornik, vыp. 1, T., 1969.

Ahmadali Asqarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x