MARINA

MARINA (frans. marine, ital. marina — dengiz) — dengiz koʻrinishini aks ettiradigan manzara turi. Mustaqil rangtasvir turi sifatida 17-a. Yevropa sanʼatida ajralib turadi. Dengiz, dengiz hayotidagi muhim tarixiy voqealar, harbiy kemalar tafsilotini aynan tasvirlashda dengiz bezak sifatida xizmat qiladi. Golland marinachilari Marina imkoniyatlarini kengaytirib, dengiz tabiati va u bilan bogʻliq baliqchilar hayotini haqqoniy aks ettirdilar (Ya. Porsellis, S. de Vliger, X. Segers va b.), dabdabali Marina turini yaratdilar. 18—19-a. larning yirik marinachilari K. Berne (Fransiya), U. Terner (Buyuk Britaniya), X. Mesdag (Gollandiya), I. Ayvazovskiy, A. Bogolyubov (Rossiya) va b. Oʻzbekistonda Marina janriga oid dastlabki asarlar 20-a. ning 30-y. larida paydo boʻlgan; bir qator rassomlar (F. Madgazin, R. Matevo-syan, R. Choriyev, Gʻ, Abdurahmonov va b.)ning Orol dengiziga bagishlangan asarlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x