MARHAMAT TUMANI

MARHAMAT TUMANIAndijon viloyatidagi tuman, viloyatning jan. qismida joylashgan. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1963-y. da Marhamat tumani yondosh tuman bilan birlashtirilib tuman markazi Marhamat tumani dagi Rus – f skoye selo posyolka – ( _ — siga koʻchirilgan. 1965-y. 15 fev. da tuman nomi oʻzgartirilib tuman markazi hoz. Asaka shla kuchirilgan. 1970-y. 7-dekabrda Marhamat tumani nomi bilan qayta tashkil etilgan. Marhamat tumani shim. da viloyatning Asaka, Xoʻjaobod, Buloqboshi tumanlari, sharq va jan . da Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Aravon tumani, gʻarbda Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,32 ming km2, aholisi 119,8 ming kishi (2000). Marhamat tumanida 1 shahar (Marhamat), 1 shaharcha (Polvontosh), 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Marhamat, Qorabagʻish, Shukurmergan, Qoraqoʻrgʻon, Koʻtarma) bor. Markazi — Marhamat sh.

Tabiati. Tumanning shim. va shim.sharqi tekislik, qolgan qismi togʻ etaklari va yon bagʻirlaridan iborat. Olay tizmasining etaklaridagi togʻlar, Ulugʻtogʻ (bal. 1500 m), Tu-yamoʻyin adirlari (bal. 920 m) birgalikda Oyim— Marhamat—Xoʻjaobod botigʻini tashkil etadi. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 26,1°, yanv. niki — 2,9°. Yiliga oʻrtacha 218—320 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Koʻproq sharqiy shamollar esadi. Vaqtincha shamollar jan.-gʻarbdan esadi. Tuman hududidan Qoradaryoning quyi irmoqlari: Shahrixonsoy, Jan. Fargʻona va Karkidon kanallari oqib oʻtadi. Tuman yerlari Jan. Fargʻona kanali va Aravonsoydan sugʻoriladi. Tuproqlari, asosan, boʻz tuproq, adirlar etaklari oʻtloqi boʻz, oʻtloqi, botqoq-oʻtloqi tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, shoʻra va boshoqlilar, efemer va efemeroidlar, soy boʻylarida va yer osti suvlari yuzaroq joylarda tol, terak, turli xil butalar usadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, chiyaboʻri, kuyon yashaydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar. Shuningdek, tojik, qirgʻiz, rus, tatar, koreys, uygʻur, qozoq, ukrain va b. ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 374 kishi toʻgʻri keladi (2000). Shahar aholisi 17,8 ming kishi, qishloq aholisi 102 ming kishi (2000).

Xoʻjaligi. Marhamat tumanida ip yigiruv va toʻquv f-kasi, elektrotexnika, non, meva va sabzavotlarni qayta ishlash va vino quyish z-dlari, «UzRospodshipnik» qoʻshma korxonasi, «Oʻkchi» paxta tozalash z-di hamda qurilish, transport va aloqa, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari bor. Shuningdek, xususiy tadbirkorlik ham rivojlangan. Tumanda 250 dan ortiq kichik korxona, dehqon va fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi.

Q. x. da qariyb 7250 ga yerga paxta, ming ga dan ziyodroq yerga bugʻdoy, 1,2 ming ga yerga sabzavot, 1205 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi, shuningdek, bogʻ va tokzorlar bor; kartoshka va b. mahsulotlar ham yetishtiriladi (1999).

Tumanda 6 shirkat xoʻjaligi, q. x. aksiyadorlik jamiyati, shirkatlar uyushmasi bor. Tuman shaxsiy va shirkat xoʻjaliklarida 29 mingga yaqin kramol, 46,2 ming qoʻy, 61 mingga yaqin parranda, 500 dan ziyod ot boqiladi.

Marhamat tumani dagi melioratsiya va suv xoʻjaligi, agrobiznes kollejlari, kasb-hunar litseyi, kasb-xunar maktablarida 2800 dan ziyod oʻquvchi oʻqiydi.

40 dan ortiq umumiy taʼlim maktabida qariyb 28 ming oʻquvchi taʼlim oladi. 2 musiqa maktabi mavjud. 6 madaniyat uyi, 35 kutubxona (374 ming kitob), «Parvona» xalq, teatri, sirkdorbozlik guruxi, muzey aholiga xizmat koʻrsatadi. 770 oʻrinli 26 davolash maskani va kasalxonalar boʻlib, ularda 270 ga yaqin vrach ishlaydi. «Oq oltin» tuman gaz. 1933-y. 1 okt. dan chiqadi (adadi 2500).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x